“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:32
ЎЗO‘Z

Avtomashinani sug‘urtasi yo‘qligi uchun ushlab turish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

08 avg, 20:16 2 922 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomashinani sug‘urtasi yo‘qligi uchun ushlab turish amaliyoti bekor qilinishi mumkin Majburiy sug‘urtasi yo‘qligi yoki haydovchi tomonidan YPX inspektoriga taqdim etilmagani uchun avtotransport vositasini ushlab turish amaliyoti bekor qilinishi mumkin.

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Farhod Ashmatov o‘z feysbuk sahifasida ma’lum qilishicha, bu boradagi taklif «Mening fikrim» veb-portalida 10 mingdan ortiq ovoz yiqqan.

«Qonunchiligimizda xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi belgilangan. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.

Avtomobil ham xususiy mulk. Undan maxrum qilish yoki tasarruf etish huquqini cheklash qonun hujjatlarida belgilangan tartibida amalga oshirilishi lozim.

Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi avtomashinani jarima maydoniga olib kirish bilan bog‘liq «Mening fikrim» veb-portaliga kelib tushgan murojaat va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rgandi.

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda avtotransport vositasining sug‘urtasi yo‘qligi yoki uning egasi tomonidan YPX xodimiga taqdim etilmagan hollarda transport vositalarini ushlab turish amaliyoti belgilangan.

Biz bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasini ham o‘rganib chiqmoqdamiz. Xususan, AQSHning Shimoliy Karolina, Virjiniya, Missisipi shtatlarida, Germaniya, Angliya, Italiya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari bo‘lmasa, ma’muriy jarimalar belgilangan.

Demak, xorijiy tajribada fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari bo‘lmasa, ma’muriy jarima belgilash bilan fuqarolarning mulkka bo‘lgan huquqi kafolatlanayotganligini ko‘rish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, transport vositasi jismoniy shaxsning shaxsiy mulki hisoblanib, uni olib qo‘yish yoki vaqtincha ushlab turish mulkdorning mulkiga bo‘lgan huquqini cheklashga kiradi. Shu sababli fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislari yo‘q bo‘lsa yoki taqdim etilmasa, transport vositasini jarima maydoniga olib kirish talabini bekor qilib, joyning o‘zida jarima belgilash amaliyotini joriy qilishning ayni vaqti
», – deb yozgan deputat.

Farhod Ashmatovga ko‘ra, hozirda taklif yuzasidan mutaxassislar bilan o‘rganishlar davom etmoqda va tez kunlarda tegishli qonun qabul qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 123
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 99
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar