“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

O‘rta-maxsus ma’lumotli yo‘l-patrul xodimlarini oliy ma’lumotlilariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda

08 avg, 15:53 2 464 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘rta-maxsus ma’lumotli yo‘l-patrul xodimlarini oliy ma’lumotlilariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov respublikadagi yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki olti oyida sodir etilgan jinoyatlarning har uchinchisi firibgarlik, o‘g‘rilik va yo‘l-transport hodisalari hisoblanadi.

Yanvar-iyun oylarida yo‘l-transport hodisalari soni 8, ularda vafot etganlar soni 9,8, jarohatlanganlar soni 20,4 foizga kamaygan.
Lekin bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Birgina misol. So‘nggi uch yarim yilda qasddan sodir etilan jinoyatlar natijasida 1,5 mingga yaqin odam vafot etgan bo‘lsa, yo‘l-transport hodisalari oqibatida 5 baravar ko‘p – 7,5 ming fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

Yo‘l harakati qoidabuzarligini kamaytirish maqsadida og‘ir oqibatli holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, yo‘l-patrul xodimlarini o‘qitish, bu holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilish ishlari olib borilmoqda
”, dedi vazir 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 6-yalpi majlisida.

Bobojonov yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq eng katta muammoni aytdi.
Eng katta muammo – haydovchilik madaniyati. O‘tgan olti oy ichida 11 mingdan ziyod haydovchi avtomobilni mast holda boshqargan. 79 mingdan ortiq piyoda yo‘l qoidasini buzgan, 15188ta holatda avtotransportni boshqarish chog‘ida mobil telefondan foydalanilgan, 360 ming nafar haydovchi avtoulovni xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqargan. Bu holatlar kam ahamiyati bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin aynan shu kabi qoidabuzarliklar og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir oilada, tashkilotda targ‘ibot yuritish, haydovchilarning bilimini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xodimlarining to‘rtdan bir qismi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Bosqichma-bosqich tarzda ularni oliy ma’lumotli xodimlarga almashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, sifatsiz yo‘llarni ta’mirlash, radarlarni ko‘paytirish masalalari ham ko‘rilmoqda
”, dedi vazir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar