“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:10
ЎЗO‘Z

Bayrutga ammiak selitrasini olib borgan kemaning taqdiri oydinlashdi

08 avg, 13:53 3 677 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayrutga ammiak selitrasini olib borgan kemaning taqdiri oydinlashdi Foto: Reuters
2014 yili Bayrut portiga ammiak selitrasini olib borgan Rhosus kemasining taqdiri fojiali yakunlangan.
The New York Times xabariga ko‘ra, kema 2018 yil boshida cho‘kib ketgan. Jurnalistlar sputnikdan olingan fotosuratlar, kemalar harakati haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, shunday xulosaga kelishgan.

Kema 2013 yili Gruziyaning Batumi portidan 2,7 ming tonna ammiak selitrasi bilan Mozambikka qarab yo‘lga chiqqan. Ximiyaviy modda Rustavi Azot L.L.C. kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Kema Bayrutga rejadan tashqari kirib borganida, texnik nosozliklar sababli politsiya tomonidan ushlangan. Sputnikdan olingan fotosuratlarga ko‘ra, 2015 yilga kelib kemada hech qanday yuk qolmagan. 2018 yil fevral oyida portning shimoliy qismida turgan kema cho‘ka boshlagan va bir necha kun ichida suv ostida g‘arq bo‘lgan.

Bayrutga yetkazilgan selitra kema cho‘kib ketgan joydan 450 metr uzoqlikdagi omborda saqlangan.

Avvalroq, Bayrutdagi juda kuchli portlashga sabab bo‘lgan ammiak selitrasi yuki xabarovsklik Igor Grechushkinga tegishli Rhosus kemasidan konfiskatsiya qilingani, so‘ngra tadbirkor bankrot bo‘lib, kemani tashlab ketgani, uning bortida ishlayotgan rossiyalik va ukrainalik dengizchilar esa 1 yil davomida mamlakatda qolib ketishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bayrut portidagi kuchli portlash 4 avgust kuni sodir bo‘ldi. Natijada, shaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortig‘i uylaridan mahrum bo‘ldi, 100dan ortig‘ining jasadi topildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar