“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:18
ЎЗO‘Z

Sog‘lom ozish, yaxshi xotira va teri salomatligi — yong‘oq suvining foydali xususiyatlari haqida

08 avg, 12:40 5 710 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘lom ozish, yaxshi xotira va teri salomatligi — yong‘oq suvining foydali xususiyatlari haqida Foto: Shutterstock
Yong‘oq mevasining juda ko‘p foydalari borligi barchaga ayon. Ammo bu mevani suvga ivitib, suvini ichishning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari bor.

Ushbu sharbat tanadagi ortiqcha yog‘ni kamaytirish, qondagi shakar miqdori va yurak urishini me’yorga solish, Alsgeymer (xotira zaiflashishi) kasalligi xavfini kamaytirish, qabziyatni davolash va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda foyda beradi.

Qanday tayyorlanadi?
Kechqurun uxlashdan oldin, bir stakan suvga po‘stidan tozalangan bir dona yong‘oqning hammasi solib qo‘yiladi. Ertalab uyg‘ongach, och qoringa faqat suvi yoki yong‘oqlari bilan ichiladi.

Yong‘oq suvining shifobaxshligi

Foto: Shutterstock
Qandli diabetda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Och qoringa ichilgan 1 stakan yong‘oq suvi qondagi ortiqcha shakar miqdorini kamaytiradi. Tarkibidagi vitaminlari qondagi shakar miqdorini me’yorga soladi va yurak xuruji xavfini kamaytiradi.

Stressdan chiqishga yordam beradi. Yong‘oq suvidan anti-stress sifatida foydalansa bo‘ladi. U asab sistemasini tartibga solib, insonga sokinlik bag‘ishlaydi. Yong‘oq suvi yurak sog‘lomligini saqlaydi. Qon aylanishini tartibga solib, yurak tomirlarining yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi.

Jigarni sog‘lomlashtiradi. Yong‘oq suvi jigar funksiyalarini yaxshilaydigan vitaminlarga boy. Gormonlarni me’yorga solish natijasida jigar faoliyatini yaxshilaydi.

Qalqonsimon bez kasalligida qo‘l keladi. Qalqonsimon bez kasalligidan aziyat chekadigan kishilar ko‘p-ko‘p yong‘oq suvi iste’mol qilishlari kerak.

Sog‘lom ozishga yordam beradi. Yong‘oqning mag‘zini suvga solib iste’mol qilish orqali tanadagi ortiqcha yog‘larni eritish mumkin.

Terini sog‘lomlashtiradi. Tartibli va muntazam yong‘oq suvini iste’mol qilish yuzni namli, jonli, porloq bo‘lishini ta’minlaydi. Zamburug‘, turli yaralar kabi teri va yuz kasalliklarini davolaydi.

Harakatchanlikni yaxshilaydi. Qon tarkibidagi shakarni me’yorga keltirib, qon almashinuvini yaxshilaydi, buning natijasida kun davomida harakatchan bo‘lishni ta’minlaydi.

Xotirani kuchaytiradi. Miya funksiyalarini yaxshilaydi. Eng asosiysi, Alsgeymer kasalligi ehtimolini pasaytiradi.

Homilador ayollarga yordam beradi. Yong‘oq suvini homilador yoki emizikli ayollar doimiy iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Chunki yong‘oq suvi homiladorlikda semirib ketishning oldini oladi.

Hazm sistemasini yaxshilaydi. Yong‘oq suvi hazm sistemasini tartibga solib, qorinda gaz yig‘ilishining oldini oladi. Qabziyat bilan muammosi borlar uchun ham ayni muddao.

Uyqusizlik muammosini hal etadi. Uxlashdan oldin ichib yotilgan 1 stakan yong‘oq suvi tinch va bezovtalanmay uxlashni ta’minlaydi.
Mustahkam sochlar va sog‘lom tirnoqlar. Soch va tirnoqlarni sog‘lomlashtiradi, ularning chiroyli va jilokor ko‘rinishiga yordam beradi.

Yong‘oq suvining zararlari bormi?

Foto: Shutterstock
Yong‘oq suvi foydalari bilan bir qatorda zararli xususiyatlari ham bor. U hammaga ham tavsiya etilavermaydi:
– yong‘oq allergiya qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgani uchun ba’zan terida qizarish, qichishish, dog‘ qoldirishi mumkin;
– yong‘oq suvi ba’zan diareya (ich ketishi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin;
– ba’zan bosh og‘rig‘ini paydo qiladi;
– oshqozonida muammo bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi. Bunday holatda yong‘oq suvini ichish oshqozonda og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.

Qancha muddat ichib yursa bo‘ladi?
Yong‘oq suvini bir kunda eng ko‘pi 1 stakan ichish mumkin. Ta’sirini sezish uchun 15 kunda bir tanaffus qilib olish kerak. Agar ozish uchun iste’mol qilayotganlar bo‘lsa, toki istagan vaznga tushgunlaricha muntazam bir kunda 1 stakandan ichib yurishlari ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 188
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 120
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 139
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 119
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 126
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 250
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar