“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

Yuqori qon bosimini tushirishning eng yaxshi choralari

07 avg, 23:17 4 893 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuqori qon bosimini tushirishning eng yaxshi choralari Foto: «Domashniy ochag»
Har uchta odamdan birida qon bosim yuqori ekanligi kuzatiladi. Qonning sistolik (yuqori) va diastolik (past) bosim miqdorlari yurakning qon tomirlar oqimiga qanchalik qarshilik ko‘rsatayotganini belgilaydi. «Domashniy ochag» nashri qon bosimini tushirishda yordam beradigan bir necha tavsiyalarni keltirdi.

Qon bosimi 120/80 mm bo‘lsa, normal hisoblanadi. 130/80 mm yoki undan yuqori daraja shifokorlarni xavotirga soladi. Agarda qon bosimingiz shu raqamlar oralig‘ida bo‘lsa, unda sizda gipertoniya xavfi mavjud.

Faollikni oshiring va ko‘proq mashq qiling
2013 yilda olimlar qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi. Unda faol bo‘lmagan qariyalar ishtirok etdi. Qariyalar aerobik mashqlarni bajarganda qon bosimi 4-5 millimetrga tushdi.

Aerobik mashqlar yuragingiz chastotasini tezlashtiradi va arteriyadagi bosimni pasaytiradi. Mashqlarni haftasiga 3-4 marta 40 daqiqa davomida bajarish tavsiya etilgan. Siz ham kunlik rejangizga zinadan ko‘tarilish, o‘n ming qadam sayr qilish, velosiped minish va raqsga tushishni kiriting.

Olimlar muntazam gimnastika qon bosimini 10-15 mmga tushirishini isbotlagan.

Ortiqcha vaznni yo‘qotishga harakat qiling
Agarda siz ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, hatto 2-5 kilogrammni yo‘qotish bilan ham qon bosimni tushirish mumkin. Bonus sifatida siz sog‘liq uchun boshqa xavflarni ham kamaytirasiz.

Shakar va uglevodlarni kamaytiring
Ko‘pgina tadqiqotlar shakar va uglevodlarni kamaytirish nafaqat og‘irlik, balki qon bosimini kamaytirishga ham yordam berishini isbotlagan. Olimlarning aniqlashicha, uglevodli parhezdan foydalanganda qon bosimi 4-6 mmga kamayadi.

Ko‘proq kaliy va kamroq natriy iste’mol qiling
Ko‘proq kaliy va kamroq natriy iste’mol qilish qon bosimini tushirishda yordam beradi. Kaliy qon tomirlari tarangligini kamaytiradi. Ammo kaliy miqdorining ko‘payishi buyrak kasalligidan aziyat chekuvchilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Sut mahsulotlari, baliq, banan, o‘rik, apelsin, kartoshka, pomidor, ismaloq — kaliyga boy mahsulotlardir.

Qayta ishlangan taomlarni kamroq iste’mol qiling
Organizmda ortiqcha tuz, asosan, qayta ishlangan yoki tez pishar ovqatlardan kelib chiqadi. Sushi, pitssa, chips va shu kabi mahsulotlar orqali ko‘p miqdorda natriy tanamizga kiradi.

Chekishni tashlang
Chekishni tashlash nafaqat gipertoniya, balki butun tana sog‘lig‘i uchun ham foydali. Tamaki tarkibidagi moddalar qon tomir devorlariga shikast yetkazish orqali qon bosimini ko‘tarib, arteriyalarning yallig‘lanishi va torayishiga olib keladi.

Stress miqdorini kamaytirishga harakat qiling
Stressning yurak-qon tomir tizimiga zarari katta. Stress bilan kurashishning turli usullari mavjud. Masalan, chuqur nafas olish, piyoda sayr qilish, kitob o‘qish yoki komedik film tomosha qilish.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har kuni musiqa tinglash yuqori qon bosimini kamaytiradi.

Yoga bilan shug‘ullaning
Yoga bilan shug‘ullanish yuqori qon bosimini tushirishda juda foydali. Olimlar yoga mashqlari qon bosimini 3,5-4 mmga tushirishini isbotlagan.

Qora shokolad iste’mol qiling
Qora shokolad haqiqatan ham qon bosimini kamaytiradi. Buning uchun shokoladda 60-70 foiz kakao bo‘lishi kerak va kuniga 1-2 bo‘lak iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Dorivor o‘simliklarni sinab ko‘ring
Dorivor o‘simliklar gipertoniyani nazorat qilishda juda samarali bo‘lishi mumkin. Albatta, shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.
Qon bosimini tushirishda foydali dorivor o‘simliklarga quyidagilar kiradi: qora kashtan, zanjabil ildizi, kunjut yog‘i va choy barglari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 215
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 121
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 223
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 352
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar