“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 17:37
ЎЗO‘Z

Ingliz shifokori o‘pkani koronavirusdan himoyalash mashqini o‘rgatdi (video)

05 avg, 23:43 3 681 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ingliz shifokori o‘pkani koronavirusdan himoyalash mashqini o‘rgatdi (video) Londondagi Qirolicha gospitali (Queen’s Hospital) shifokori Sarfaroz Munshi COVID-19ga chalingan bemorlar uchun nafas olish texnikasini ko‘rsatib berdi.

Shifokor bu videoni oila a’zolari va do‘stlari uchun tayyorlagan edi. Biroq video YouTube`ga yuklangach, tezda ommalashib ketdi va hozirgacha 4,5 million martaga yaqin ko‘rilgan.

«Koronavirus bilan og‘rigan bo‘lsangiz, mashqlarni imkon qadar tezroq boshlashingiz kerak. Kasallanmagan bo‘lsangiz ham, bu mashqlar profilaktika uchun foydali bo‘ladi», – deydi Munshi.

Mashqlarni bajarish tartibi quyidagicha:
5 marta chuqur nafas olinadi. Har bir nafas 5 soniya ushlab turib, keyin chiqariladi. 6-marta ham chuqur nafas olgach, og‘izni qo‘l bilan yopgan holda qattiq yo‘talish kerak. Bunda quyi nafas yo‘llari ochiladi.

Mazkur harakatlar ketma-ketligi (bitta sikl) yana bir marotaba takrorlanadi.
So‘ngra bosh ostiga yostiq qo‘yib, qoringa yotiladi. Shu holatda 10 daqiqa sekin va chuqur nafas olinadi.

Aynan qoringa yotish kerak, chunki o‘pkalarning katta qismi ko‘krak qismida emas, orqa tomonda joylashgan. Qorin bilan yotib nafas olganda quyi nafas yo‘llari ochiladi.

Chalqancha yotganda esa ayrim nafas yo‘llari yopilib, o‘pkaga kislorod kirishi qiyinlashadi. Bu esa kasallik davrida yaxshi emas, ikkilamchi pnevmoniyani chaqirishi, ahvolning og‘irlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 95
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 253
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 136
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 156
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 130
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 139
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 0
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 2
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 3
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 86
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • Bo‘limlar