“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:34
ЎЗO‘Z

Oltin sababli Rossiyaning eng boy tadbirkori o‘zgardi

05 avg, 22:00 2 661 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oltin sababli Rossiyaning eng boy tadbirkori o‘zgardi Oltin narxining keskin ko‘tarilishi natijasida rossiyalik tadbirkor Suleyman Kerimovning boyligi 24,7 milliard dollarga yetdi. Natijada u Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib oldi.

Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, 5 avgust holatiga Dog‘istonlik senator Suleyman Kerimovning boyligi 24,7 milliard dollarga yetgan. Natijada u 24,6 milliard dollarga ega Vladimir Potanindan o‘zib, peshqadamga aylangan. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida 21,9 milliard dollarga ega Vladimir Lisin turibdi.

Kerimovlar oilasi tarixda ilk marotaba Forbes reytingining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib olmoqda. Ularning boyligini asosiy qismini Rossiyadagi eng yirik oltin qazib oluvchi «Polyus» kompaniyasi aksiyalari tashkil qiladi. Ularning 76,8 foizi senatorning o‘g‘li Said Kerimovga tegishli. Uning qo‘lidagi aksiyalar hozirgi kunda 25,6 milliard dollarga baholanyapti. Ammo Kerimovning boshqa aktivlari va qarzlari ham bor. Shu tufayli, uning boyligi 24,7 milliard dollarga baholangan.

Saiddan (1995 yilda tug‘ilgan) boshqa Suleyman Kerimovning yana ikki nafar farzandi bor — Gulnora (1990) va Amina (2003).

Kerimovlar oilasining Forbes reytingi yuqori cho‘qqisiga chiqishiga «Polyus» aksiyalari narxining keskin ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. 5 avgust kungi savdolarda qimmatli qog‘ozlarning qiymati 4 foizga oshgan va har birining narxi 18130 rublga yetgan. Yil boshidan hisoblaganda esa kompaniya deyarli 2,5 barobar qimmatlagan. Bu davr mobaynida oltin 34 foizga qimmatlab, troy unsiyasining narxi 1521 dollardan 2043 dollarga ko‘tarilgan.

O‘tgan oyda Forbes rossiyalik tadbirkorlar orasida Kerimovlar oilasi yil boshidan beri eng ko‘p boyiganini, ularning boyligi 10 milliard dollardan 18 milliard dollarga yetganini qayd qilgan edi. Hozirgi vaqtda esa bu qiymat 14,7 milliard dollar ekani oydinlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 0
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 1
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar