“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2021, 05:32
ЎЗO‘Z

Rasman: Oston O‘runov - «Spartak» futbolchisi (video)

05 avg, 15:20 1 411 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman: Oston O‘runov - «Spartak» futbolchisi (video) «Spartak» «Ufa»ning o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Oston O‘runovning transferi haqida rasman e’lon qildi.
Moskvaning «Spartak» klubi «Ufa» bilan yarimhimoyachi Oston O‘runov transferi borasida kelishuvga erishgan. 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi moskvaliklar klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

O‘runov O‘zbekistonda Namanganning «Navbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» klublarida to‘p surgan. U Superligada jami 55 o‘yinda maydonga tushgan. U O‘zbekistonning turli yoshdagi milliy jamoalariga chaqirilgan, 2019 yilda asosiy jamoada debyut qilgan.

Yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmida «Ufa»ga kelgan futbolchi RPLning 10 o‘yinida maydonga tushdi, hujumkor havbek sifatida harakatlangan futbolchi o‘zining yuqori tezligi va driblingi bilan katta qiziqish uyg‘otdi. Unga Moskva klublaridan tashqari, Yevropa klublaridan ham takliflar borligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

O‘runov yangi jamoasida 20-raqam ostida to‘p suradi. «Spartak» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlari orqali Oston O‘runovni ommaga tanishtirdi. Tayyorlangan videolavhada O‘runov «Spartak» libosida bo‘lib, post o‘zbek tilida «chiroyli qilamiz» izohi ostida e’lon qilingan.




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Oston O‘runov «Spartak»da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi 28 iyul, 20:30
  • «Spartak» Oston O‘runov uchun 2+2 million yevro to‘lashga tayyor 22 iyul, 16:08
  • Ish pishdi! Oston O‘runov "Spartak"da o‘ynaydi 22 iyul, 12:26
  • Bo‘ldi! Oston O‘runov boshqa klubga o‘tmoqda 18 iyul, 20:00
  • RPLning to‘rtta grand klubi O‘runov xizmatlariga qiziqish bildirmoqda 15 iyul, 10:20
  • Oston Urunov Rossiya Premer-ligasi klubi safiga qo‘shildi 16 yanv, 16:40
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH sanksiyalar yordamida o‘z yetakchiligini yo‘q qilmoqda 12 apr, 00:12 154
  • O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi 11 apr, 23:45 155
  • Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi 11 apr, 23:18 633
  • Chilonzordagi «Navro‘z» majmuasi nega buzilmoqda? 11 apr, 22:44 761
  • Shifokor bedavo dardning ilk alomatlarini ma’lum qildi 11 apr, 22:13 422
  • Muhsin Hisomiddinov Prezident sovriniga sazovar bo‘ldi 11 apr, 21:41 1 097
  • Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi 11 apr, 21:13 1 146
  • OCHL-2021. 15 kunda 6ta o‘yin o‘tkazadigan "Paxtakor" taqvimi bilan tanishing 11 apr, 20:43 1 114
  • Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Yevropaga bordi 11 apr, 20:05 1 507
  • "Yuventus" o‘z maydonida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi 11 apr, 19:43 1 205
  • Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi 11 apr, 19:11 1 193
  • Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi 11 apr, 18:36 1 195
  • Bo‘limlar