“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:23
ЎЗO‘Z

Yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin

05 avg, 12:35 1 810 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Qonunda ta’lim jarayonida mehnat qilayotgan mutaxassislar, qolaversa, ota-onalarning huquqiy maqomi, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlar hamda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda. Joriy yilning 4 avgust kuni Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi Ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, unda tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda ekspertlar ishtirokida parlament yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Yangi tahrirdagi Qonunga “davlat ta’lim muassasasi”, “davlat ta’lim standartlari”, “davlat ta’lim talablari”, “mutaxassislik”, “tarbiya”, “ta’lim”, “kampus”, “o‘quv dasturi” va “o‘quv rejasi” kabi yangi tushunchalarning mukammal izohi kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turini amaliyotda keng qo‘llashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Qonunda ta’lim jarayonida mehnat qilayotgan mutaxassislar, qolaversa, ota-onalarning huquqiy maqomi, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlar hamda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Shu bilan birga, Qonun 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim, umumta’lim maktabi bitiruvchilariga qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yish, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish muddati va mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi jamiyatda intellektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma’rifatga doir ish joylarining kengayishiga imkon beradi.

Shuningdek, muhokama chog‘ida mazkur Qonun ta’lim tizimini tartibga solish maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlanib, ushbu hujjat yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 326
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 431
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar