“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:04
ЎЗO‘Z

«Qora niyat» turk serialining yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi: Shahika qamoqda (video)

04 avg, 22:07 12 045 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qora niyat» turk serialining yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi: Shahika qamoqda (video) «Sevimli» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Qora niyat» («Yasak elma») turk serialning yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi.

«Qora niyat» serialidan kadr.
Foto: Instagram / @yasakelmafox

Bir daqiqalik videoda serial qahramoni Shahikaning qamoqqa tushgani, qamoqda uni qandaydir ayol kutib olgani hamda bu holat uni qattiq qo‘rqitib yuborganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, «Qora niyat» seriali 2018 yilda Turkiyaning Medyapim kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan. Kartina rejissyori— Neslihan Yeshilyurt. Unda bosh rollarni Talat Bulut, Shevval Sam, Eda Eje, Nesrin Jevadzade kabi iste’dodli aktyorlar ijro etgan. Serial Turkiyaning Fox telekanalida efirga uzatiladi.

Serial bosh qahramoni yirik biznesmen — Halit Ergench. Uning ayollarga suyagi yo‘q, shu sabab to‘rt marta uylanib, ajrashgan. Halitning sobiq xotinlari Ender (Shevval Sam) va Yildiz (Eda Eje) dastlab bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q dushmanlar edi, keyinchalik ularning hayotiga yangi raqib — Shahika (Nesrin Jevadzade) kirib keldi. Shundan so‘ng Yildiz va Ender Shahikaga qarshi kurashish uchun birlashdi. Uch ayol o‘rtasidagi mojaro turli makr va hiylalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Serialni suratga olish ishlari karantin tufayli to‘xtab qolgan edi. Uning yangi mavsumida tomoshabinlar raqiblaridan o‘ch olish, shuningdek, turli qabih rejalarini amalga oshirish uchun bir nechta jinoyatlarni sodir etgan Shahikani qamoqda ko‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 78
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 91
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 161
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 244
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar