“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

Yurak kasalligi bo‘lganlar Covid-19’ga chalinganda nimalarga e’tibor berishi kerak?

04 avg, 17:32 2 988 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak kasalligi bo‘lganlar Covid-19’ga chalinganda nimalarga e’tibor berishi kerak? Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi kardioxirurgiya bo‘limi mudiri Abdusalom Abdurahmonov yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar Covid-19’da nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi haqida ma’lumot berdi.

«Koronavirus infeksiyasi qon tomirlarining ichki qavatini shikastlaydi. Shuning uchun bu infeksiyada xavf guruhiga yurak-qon tomir xastaliklari – yurak ishemik xastaligi, qandli diabet, gipertoniya, metabolik sindromi bo‘lganlar kiradi. Chunki ularda avvaldan qon tomirlarda o‘zgarishlar bo‘ladi, koronavirus ta’sirida bu chuqurlashishi va xavfli asoratlarga olib kelishi mumkin. Ularda pnevmonit ham og‘ir kechadi.

Bu bemorlarda koronavirus kuzatilganda darhol shifoxonaga yotqizish tavsiya etiladi. Chunki kasallik to‘satdan avj olib, xavfli asoratlarni chaqirishi mumkin
», dedi mutaxassis «Tez yordam» ko‘rsatuvida.

Kardiolog yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlar Covid-19’da qabul qilishi kerak bo‘lgan dorilar guruhini sanab o‘tdi.
«Yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlar koronavirus muolajalarini qabul qilish bilan birga kardiologik dorilarini ichishda ham davom etishlari kerak.

Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni Covid-19’dan davolashda antikoagulyant va antiagregant dorilar qo‘llanishi kerak. Anitkoagulyantlar vena tomirlaridan tromblar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, ular bemorning vazniga qarab belgilanadi.

Antiagregantlar odatda Covid-19’da ishlatilmaydi, faqatgina yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurilishi kerak. Antiagregantlar arterial qon tomirlarida trombotsitlarning yopishishini kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi
», dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 41
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 106
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 56
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 37
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 6
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 14
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 13
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 40
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 34
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 46
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 29
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 33
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 88
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 52
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 151
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 33
  • Bo‘limlar