“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

Belarusni yo‘qotishdan qo‘rqadigan Rossiya, portlash yoqasidagi dunyo, koronavirusga qarshi retsept - Lukashenko millatga murojaat qildi

04 avg, 17:08 2 955 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarusni yo‘qotishdan qo‘rqadigan Rossiya, portlash yoqasidagi dunyo, koronavirusga qarshi retsept - Lukashenko millatga murojaat qildi REUTERS/Djordje Kojadinovic
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari arafasida parlament va millatga murojaat qildi. U o‘z murojaatida birinchi navbatda Rossiya bilan munosabatlar, bugungi kundagi siyosiy vaziyat va boshqa muhim mavzularni tilga oldi.

«Rossiya Belarusni yo‘qotishdan qo‘rqadi»
«Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi, chunki uning bizdan boshqa haqiqiy yaqin ittifoqchisi qolmadi. So‘nggi paytlarda G‘arb ham bizga yaqindan qiziqa boshladi. Xitoy ham yaqin do‘stining barqaror bo‘lishidan umidvor», dedi Lukashenko.

«Rossiya har doim Belarusning ittifoqchisi bo‘lib qoladi»
Lukashenko shu bilan birga, Rossiya har doim Belarusning ittifoqchisi bo‘lib qolaverishini aytdi.
«Belarus yoki Rossiyani kim boshqarmasin, Rossiya har doim bizning yaqin ittifoqchimiz bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu rad etib bo‘lmas omil, bu xalqlarimizning qon-qoniga singib ketgan. Hattoki qardoshlik munosabatlarimiz sheriklik munosabatlariga aylangan bo‘lsa ham», dedi Belarus rahbari murojaatida.

«Belarus Rossiya bilan «neft mojarosi» ortidan katta zarar ko‘rdi»
Aleksandr Lukashenko Belarus Rossiya bilan «neft mojarosi» ortidan katta zarar ko‘rganini aytdi.
«Biz bu vaziyatda dunyodagi boshqalardan farqli o‘laroq, korxonalarimizni yopmadik, davlat qo‘llab-quvvatloviga muhtojlarga budjetdan qo‘shimcha bir yarim milliard rubl yo‘naltirdik. Rossiya bilan neft mojarolari ortidan budjet bir yarim milliard rubl yo‘qotdi», dedi u.

«Minskda «qirg‘in» uyushtirishga urinishdi»
Lukashenko Belarus poytaxti markazida «qirg‘in» uyushtirishga urinishgani haqida aytib o‘tdi.
«Biz hozirgi saylov kampaniyasida ta’sir ko‘rsatishning barcha usullari keng miqyosda qo‘llanishini taxmin qilgandik va adashmadik. Bundan maqsad, odamlarni bir-biriga qayrash, aldash, qo‘rqitish, adashtirish va oxir-oqibat jinoyatga boshlashdir. Hozircha qaynoq urush yo‘q, otishmayapti, tepkini bosishmadi. Ammo Minsk markazida qirg‘in uyushtirishga urinishgani ko‘rinib turibdi. Belarusga qarshi milliardlab mablag‘, yangi texnologiyalar yo‘naltirilgan», dedi u.

«Koronavirusga qarshi kurash retsepti»
Koronavirusga chalinib tuzalgan Lukashenko kasallikka qarshi kurashda uning retsepti toza havo va sport ekanligini aytdi.
«Pandemiya immuniteti zaif insonlar xavf ostida ekanligini ko‘rsatdi, shu bois har bir kishi sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi lozim – sog‘lom ovqatlanish, toza havo va sport bilan shug‘ullanish. Buni sizlarga boshidan o‘tkazgan odam aytyapti. Uyda o‘tirsangiz tinmay kasal bo‘laverasiz», dedi Belarus rahbari.

«Istalgan vaqtda portlashi mumkin bo‘lgan sayyora»
«Sayyoramiz qadamba-qadam, ammo ishonch bilan jarlik sari bormoqda. Xuddi bir gugurt cho‘pini yoqsang bas, portlab ketadiganga o‘xshaydi. Va eng dahshatlisi, biz sovuq urush davrida faxrlangan tartibga solishning xalqaro-huquqiy va ko‘p tomonlama siyosiy vositalari nisbiy tushunchaga aylandi va hech kim hisobga olmay qo‘ydi. Afsuski, dunyoning boshqaruvchi elitalari yangilarini ishlab chiqa olmadi», deya qayd etdi Lukashenko dunyodagi bugungi vaziyat haqida so‘zlarkan.

«Faqat qog‘ozdagina qolgan integratsiya»
Belarus prezidenti dunyodagi integratsion tuzilmalar inqirozga uchraganini e’tirof etdi.
«Butun dunyo savdo urushlari, milliy proteksionizm, siyosiy va axborot qarama-qarshiligi iskanjasida qoldi. Integratsion tuzilmalar tizimli inqirozni boshidan kechirmoqda, ayrimlari butkul vayron bo‘ldi va faqat qog‘ozdagina mavjud. Yevroittifoqda bu jarayonda «Brekzit» hamda eski va yangi Yevropa o‘rtasidagi qarama-qarshilik muhim omil bo‘ldi. Harbiy sohadagi keskinlik yangi qurollanish poygasini vujudga keltirmoqda», dedi Lukashenko.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar