“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2020, 02:55
ЎЗO‘Z

Trampning Putinga «oxirgi sovg‘asi» fosh etildi

02 avg, 23:30 2 896 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampning Putinga «oxirgi sovg‘asi» fosh etildi Foto: «Riafan.ru»
Amerika qo‘shinining bir qismini Germaniyadan olib chiqish qarori AQSH prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga «oxirgi sovg‘asi» bo‘ldi, deya xabar berdi «CNN».

Amerika telekanaliga ko‘ra, AQSH qo‘shini bir necha avlodlar davomida «Yevropada tinchlikni saqlab kelgan». Kontingentni olib chiqish to‘g‘risidagi qarori bilan Tramp Germaniyani NATO ehtiyojlari uchun to‘lovni kechiktirgani hamda Rossiya energiya manbalarini xarid qilgani uchun «jazoladi».

«CNN»ga ko‘ra, Amerika yetakchisi Germaniyaga katta zarar yetkazgan. Zararni qoplash uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Telekanal, shuningdek, Bundestagning xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Norbert Rettgenning so‘zlarini keltirib o‘tgan. Nemis siyosatchisi qo‘shinni olib chiqish Shimoliy Atlantika ittifoqini zaiflashtirishini ma’lum qilgan.

Bavariya gubernatori Markus Soyederning fikricha, Trampning siyosati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga katta zarba berdi. Biroq Rossiya Amerika ma’muriyatining qaroriga ijobiy munosabat bildirgan.

«Yevropada amerikalik askarlar qancha kam bo‘lsa, qit’a shuncha tinchroq bo‘lishini hech qachon yashirmaganmiz», — dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «CNN» uning ham so‘zlarini keltirib o‘tgan.

G‘arb OAVning fikricha, Trampning siyosati — «Kreml uchun sovg‘a». Telekanalning ta’kidlashicha, Moskva AQSH prezidentining kutilmagan yurishlarini o‘z maqsadlarida foydalanadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Tramp: "AQSh Rossiya bilan dushman bo‘lishiga sabab yo‘q" 28 iyul, 08:20
  • Tramp Klintonni Rossiya bilan «til biriktirish»da aybladi 25 fev, 20:33
  • Tramp Amerika siyosati tarixidagi «eng buyuk yolg‘onchilik» haqida gapirdi 30 dek, 14:43
  • Putin va Tramp uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘ldi 29 iyun, 07:02
  • MRB sobiq rahbari Trampning Putinga «iliq munosabati» sababini ma’lum qildi 22 mar, 10:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Bugun 742 kishida koronavirus aniqlandi, 804 kishi kasallikdan tuzaldi 07 avg, 00:37 134
  • Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi 07 avg, 00:27 102
  • OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi 06 avg, 23:54 151
  • Prezident OTMga qabulni tashkil qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 06 avg, 23:43 129
  • UzAuto Motors Kusherboyevning fikrlarini populizm deb atadi 06 avg, 23:23 589
  • Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi 06 avg, 23:00 234
  • “Novavax” kompaniyasi “Covid-19”ga qarshi vaksina bo‘yicha ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijalarini e’lon qildi 06 avg, 22:43 674
  • Tushkunlik, charchoq, ortiqcha vazn. Sport bilan shug‘ullanish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar 06 avg, 22:20 222
  • Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi (video) 06 avg, 21:55 1 284
  • Kirish imtihonlari ikki smenada, test stadionlarda o‘tkaziladi 06 avg, 21:33 686
  • Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi 06 avg, 21:13 1 535
  • Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2 06 avg, 20:49 331
  • Bo‘limlar