“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2020, 02:22
ЎЗO‘Z

«Qora niyat»dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar

02 avg, 18:07 1 275 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qora niyat»dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar 2016 yil Show TV kanalida efirga uzatilgan Kış Güneşi («Qish quyoshi») filmidagi Efruz roli bilan takror ekranga qaytgan Nesrin Javadzade bugun nafaqat Turkiyada, balki turk seriallarining butun dunyodagi ishqibozlariga ham yaxshi tanish. O‘zbekistonlik tomoshabinlar Nesrinni «Qora niyat» serialidagi Shahika obrazi orqali yaxshi biladi. Quyida Nesrin Javadzade haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
View this post on Instagram

bütün ikonik sahnelerim için yönetmenlerime teşekkür ederim @neslihanyesilyurt @ozturkfehmi @yasakelmafox

A post shared by nesrin cavadzade (@nesrin.cavadzade) on


Nesrin Jevadzade 1982 yil 30 iyulda Ozarbayjonda tug‘ilgan. U asli bokulik bo‘lishiga qaramay, hozirgi paytda Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri. Bolaligida ota-onasi bilan Istanbulga ko‘chib kelgan Nesrin o‘rta ma’lumotni poytaxtda oladi. Keyin Marmara universitetining Televideniye va kino fakultetiga o‘qishga kirdi. Darslar davomida o‘qituvchilari Nesrinning iste’dodi va shijoatini payqadi va uning aktyorlik sohasini tanlaganini juda to‘g‘ri deb baholashdi. Bo‘lajak aktrisa turli kastinglarda qatnasha boshladi. Nesrinning ilk debyuti 2004 yilda suratga olingan «Suv ustida sayr» filmi edi. Uch yildan so‘ng aktrisa ko‘p qismli «Uysiz» serialida paydo bo‘ldi.

Foto: Hurriyet
Jemal Shan rejissyorligidagi «Dilbarning sakkiz kuni» filmi Nesringa katta muvaffaqiyat olib keldi. Aktrisa aynan ushbu roli uchun Antaliya kinofestivalining «Oltin apelsin» mukofotini qo‘lga kiritdi. «Xavfli sevgi» teleserialida ijro etgan obrazi Juvadzadeni nafaqat Turkiya, balki boshqa mamlakat kino muxlislariga ham yaqindan tanitdi.
View this post on Instagram

sıra sende 👉🏿

A post shared by nesrin cavadzade (@nesrin.cavadzade) on


Nesrin Javadzadening filmografiyasida 8 ta serial, 11 ta to‘liq metrajli film bor. Aktrisa 2008 yilda Bursa shahrida o‘tkazilgan «Ipak yo‘li» festivalida «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasini hamda «Dadas» mukofotini olgan.

Aktrisa Nesrin rejissyor Erol Mintashning birinchi to‘liq metrajli «Onamning qo‘shig‘i» va urush haqida hikoya qiluvchi «So‘nggi maktub» filmidagi rollari bilan 51-«Oltin apelsin» kinofestivalida «Eng yaxshi ayol aktrisa» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

Foto: Anadolu AA
Javadzadening shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar kam. Yaqinda fotomuxbirlar Istanbuldagi savdo markazida aktrisani sevgilisi bilan birga suratga olgan. Ammo ular turli tomonga ketib, bir-birini tanimasliklarini ta’kidlagan.

Nesrin «Qora niyat»dagi «ashaddiy dushmanlari» — Yildiz va Ender bilan hayotda yaqin dugonalar. Aktrisa Instagram’dagi sahifasiga ular bilan tushgan suratlarini tez-tez joylab turadi.
View this post on Instagram

bu üçlü çok güçlü. ❤️

A post shared by nesrin cavadzade (@nesrin.cavadzade) on


Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar:
- Aktrisa ozarbayjonlik taniqli akademik Mirmamed Javadzadening nabirasi;
- Yozning issiq kunlarida onasi bilan dengizda sayr qilish uning xobbisi;
- Yoqimli sovunlarni hidlashni yoqtiradi;
- Rus, ingliz va fransuz tillarida gaplasha oladi;
- 7 ta farzandi bo‘lishini xohlaydi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng yangi serial bilan ekranga qaytmoqda 26 iyul, 19:55
  • Turkiya «Oskar»i — «Oltin kapalak» mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto) 08 iyul, 00:23
  • Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto) 13 мая, 10:46
  • Qiyofasi va rollari bilan qalblardan joy olgan Burak O‘zchivit haqida faktlar 05 мая, 14:48
  • Go‘zal turk aktrisasi Hande Erchel haqidagi qiziqarli faktlar 31 okt, 22:47
  • Xonzoda Mehmet va Nihonning ishdagi ishqi 18 yanv, 22:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Bugun 742 kishida koronavirus aniqlandi, 804 kishi kasallikdan tuzaldi 07 avg, 00:37 133
  • Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi 07 avg, 00:27 102
  • OTMlarda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi 06 avg, 23:54 151
  • Prezident OTMga qabulni tashkil qilish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 06 avg, 23:43 129
  • UzAuto Motors Kusherboyevning fikrlarini populizm deb atadi 06 avg, 23:23 589
  • Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi 06 avg, 23:00 234
  • “Novavax” kompaniyasi “Covid-19”ga qarshi vaksina bo‘yicha ikki muvaffaqiyatli tadqiqot natijalarini e’lon qildi 06 avg, 22:43 674
  • Tushkunlik, charchoq, ortiqcha vazn. Sport bilan shug‘ullanish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar 06 avg, 22:20 222
  • Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi (video) 06 avg, 21:55 1 284
  • Kirish imtihonlari ikki smenada, test stadionlarda o‘tkaziladi 06 avg, 21:33 686
  • Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi 06 avg, 21:13 1 535
  • Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - O‘zbekiston U-19 - 3:2 06 avg, 20:49 331
  • Bo‘limlar