“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:09
ЎЗO‘Z

Amerikada yana bir yuqumli kasallikning tarqalishiga qizil piyoz sabab bo‘ldi

02 avg, 17:45 3 571 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikada yana bir yuqumli kasallikning tarqalishiga qizil piyoz sabab bo‘ldi Foto: «Bizwhiznetwork.com»
AQSH kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish markazining ma’lum qilishicha, Amerikada salmonellyozning tarqalishi qizil piyoz bilan bog‘liq, deya xabar berdi «NBC DFW».

Markazga ko‘ra, 396 nafar amerikalik salmonella shtammini yuqtirib olgan. Kasallik tarqalishining manbai Kaliforniyaning «Thomson International» kompaniyasi yetishtirgan qizil piyoz ekanligi taxmin qilinmoqda. Markaz, shuningdek, piyozning boshqa turlari ham zararli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan:

«Piyoz yetishtirish va terib olish usuli tufayli piyozning oq, sariq yoki shirin kabi turlari ham zararlangan bo‘lishi mumkin».

Salmonellani yuqtirganlik alomatlari ich ketishi, isitma va oshqozon spazmini o‘z ichiga olib, ular bakteriya ta’siridan so‘ng 6 soatdan 6 kungacha namoyon bo‘lishi mumkin. Xabarda aytilishicha, 1 avgust holatiga ko‘ra, salmonella shtammiini yuqtirgan 396 kishidan 59 nafari shifoxonaga yotqizilgan. O‘lim holati qayd etilmagan.

Ta’kidlanishicha, kasallik tarqalishi ilk bor 10 iyul kuni qayd etilgan. Kanada jamoat sog‘ligini saqlash agentligi ham ichak infeksiyasi tarqalishi haqida xabar bergandi. U AQSH bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 108
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 95
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar