“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Xayriya yordamlari birinchi navbatda kimlarga yetkazilishi ma’lum qilindi

02 avg, 17:00 1 834 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xayriya yordamlari birinchi navbatda kimlarga yetkazilishi ma’lum qilindi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga kelib tushgan murojaatlar haqida ma’lumot berildi.
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari tomonidan qiyin va og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalar ro‘yxatini ishlab chiqishda birinchi navbatda e’tibor qaratiladigan oilalar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi toifadagi oilalarga birinchi navbatda ko‘mak ko‘rsatiladi:
- Ta’minot manbayi bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali oilalar;
- ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo‘lmagan oilalar;
- ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
- mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lgan, biroq ular hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo‘qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Bundan tashqari, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga kelib tushgan murojaatlar haqida ma’lumot berildi.
«2020 yil 1 avgust kuni hududlardagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga jami 8 ming 371ta murojaat kelib tushgan. Hududlarda tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 22 ming 170ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordami ko‘rsatilgan.

2020 yil 14 iyuldan 1 avgustga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga jami 108 ming 755ta murojaat kelib tushgan va Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 194 ming 214ta yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari ko‘rsatilgan.

Hozirda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlaridagi jami 3060 nafar volontyor yoshlardan 682 nafari Call-markazlarda aholi murojaatlarini qabul qilishga hamda 2378 nafari xonadonlarga mahsulotlar yetkazib berishga ko‘maklashmoqda
», degan agentlik vakili.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar