“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:21
ЎЗO‘Z

Kike Seten kelasi mavsumda ham «Barselona»ga murabbiylik qiladimi? Bartomeu javob berdi

02 avg, 15:38 1 855 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kike Seten kelasi mavsumda ham «Barselona»ga murabbiylik qiladimi? Bartomeu javob berdi Foto: Twitter
«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning kelasi mavsumda ham ushbu lavozimda qolishini ma’lum qildi.

«Setenning shartnomasi bor. Biz uni tayinlaganimizda, bu nafaqat ushbu mavsum uchun, balki keyingisi uchun ham mo‘ljallangan loyiha ekanini tushuntirgandik. Bir necha oydan so‘ng, buning ustiga pandemiya bo‘lgan davrda murabbiyning ishiga baho berish qiyin. Arturo Vidalning aytishicha, Seten futbolchilarni yaxshiroq bilib olishiga va ular bilan ishlashiga vaqt kamlik qilgan.

Hech qachon murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamaganmiz. Seten – bizning murabbiy. Biz hech kim bilan muzokara o‘tkazmadik. Ha, Xavi bilan gaplashib turaman, chunki biz yaxshi munosabatdamiz, biroq yaqinda o‘z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bir kuni u «Barselona»ni boshqaradi, qachonligini esa faqat uning o‘zi hal qiladi
», — dedi Bartomeu.

Ma’lumot uchun, 61 yoshli Seten 2020 yilning yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rnini egallagandi. Klub uning qo‘l ostida La Liga 2019/20 yilgi mavsumini «Real»dan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Hozirda katalon klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda. Jamoa 8 avgust kuni o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 436
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 207
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 90
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar