“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:06
ЎЗO‘Z

«Nufuz xavfsizlikdan ustun kelganda»: g‘arb OAVlari Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida qanday fikrda?

02 avg, 08:50 3 687 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Nufuz xavfsizlikdan ustun kelganda»: g‘arb OAVlari Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida qanday fikrda? Foto: PA
Rossiya oktabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi ommaviy vaksinalashni boshlashni rejalashtirayotgani haqidagi yangilik jahon OAVlari tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilindi. Rossiya hokimiyati shoshilmoqda va xavfsizlikdan milliy nufuzni ustun qo‘ymoqda, deyishmoqda jurnalistlar.

Rossiyada koronavirusdan himoyalovchi ilk vaksina ustidagi klinik sinovlar nihoyasiga yetganini mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina tez orada ro‘yxatga olinadi va shundan so‘ng, oktabr oyidan boshlab ommaviy emlash tadbirlarini boshlash rejalashtirilgan. Vazir, shuningdek, emlash tekin bo‘lishini ham ta’kidlagan.

Xorijiy OAVlar vaksina rasman ma’qullanishi va undan foydalanish tezligiga e’tibor qaratib, yangilikni o‘ta ehtiyotkorlik bilan qabul qilishdi.

CNN:
«Rossiya tezlashtirilgan sur’atlarda tayyorlangan uning potensial vaksinasiga xorijdan so‘rovlar yog‘ilayotganini ta’kidlamoqda. Lekin ko‘p savollar ochiq qolmoqda. <...> Rossiya vaksina sinovi haqida ilmiy ma’lumotlarni e’lon qilmadi va CNN uning e’lon qilingan xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlay olmaydi. Tanqidchilarning fikricha, mamlakat o‘zini qudratli ilm-fan davlati sifatida mashhur qilish istagidagi Kremlning siyosiy bosimi ostida vaksinadan foydalanishni tezlashtirmoqchi.

Hali ayrim vaksinalar sinovlarning uchinchi bosqichini o‘tayotgan bir paytda, Rossiya vaksinasi ikkinchisini ham o‘tab bo‘lmagan. Ishlab chiqaruvchilar bu fazani 3 avgustgacha yakunlashni mo‘ljallashmoqda, shundan so‘ng sinovlarning uchinchi fazasini tibbiyot xodimlarini emlash bilan parallel ravishda o‘tkazishmoqchi».

The Wall Street Journal:
«Koronavirus pandemiyasining sog‘liqni saqlash tizimiga bosimiga hamda karantin choralarining iqtisodiyotga zarbasiga to‘qnash kelgan Rossiya sinov muddatini qisqartirdi va vaksinalar poygasida g‘olib chiqish uchun klinik baho berish jarayonini tezlashtirdi.

G‘arbdagi nomzod vaksinalar ayni soatlarda sinovlarning uchinchi bosqichini o‘tayotgan bir paytda Rossiyada vaksinani ro‘yxatga olish oldidan uchinchi bosqichni o‘tkazib yuborishga qaror qilgani ayrimlarda mamlakat milliy nufuz uchun fuqarolarining xavfsizligini qurbon keltirishi mumkinligi borasida xavotir uyg‘otmoqda».

Bloomberg:
«Garchi ishlab chiqaruvchilar vaksinani xavfsiz va omma yetishishi mumkin bo‘lganlari ichida birinchisi deb maqtashganiga qaramasdan, ma’lumotlar e’lon qilinmadi, Rossiya harakatlanayotgan tezlik esa boshqa mamlakatlarda savol keltirib chiqarmoqda».

Deutsche Welle:
«COVID-19ga qarshi ilk potensial vaksinani taqdim etish yo‘lidagi Rossiyaning tezligi tanqidchilarda koronavirusga qarshi birinchi muvaffaqiyatli vaksina yaratish poygasida Rossiya salomatlik va xavfsizlikni xavf ostida qoldirmayaptimi, degan savollar keltirib chiqarmoqda».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar