“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:02
ЎЗO‘Z

Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi

01 avg, 16:08 6 588 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi Illustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida o‘ziga qo‘shib uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Oilaning barcha a’zosi kuyish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020 yilning 30 iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan.
Shahrisabz tuman IIB boshlig‘i Olim Tojiyevning ma’lumot berishicha, oila boshlig‘i shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o‘rtog‘i va o‘ziga benzin sepib, yoqib yuboradi.

«Oila boshlig‘i N.S. xotini bilan tortishib qolib, o‘zi va turmush o‘rtog‘ini hamda uch nafar farzandini yoqib yuborgan. Butun boshli oilaga oila boshlig‘ining o‘zi o‘t qo‘yganini shifoxonaga olib kelingan o‘g‘li hushiga kelganda aytib berdi. Oila azaldan notinch bo‘lgan ekan. Bu haqda shahar IIB dan ma’lumot olsangiz bo‘ladi», — deydi Olim Tojiyev.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar