“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:37
ЎЗO‘Z

Haydovchi mashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘ldi va uning ustiga chiqib oldi

01 avg, 13:07 3 365 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haydovchi mashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘ldi va uning ustiga chiqib oldi Haydovchi avtomashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘lgan va “Gaz 3110” rusumli transport vositasining ustiga chiqib olgan.
Joriy yilning 31 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi mashinasini YPX va jarima maydonchasidan saqlash uchun uning ustiga chiqib olgani tasvirlangan videolavha tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, videolavhada tasvirlangan holat 2019 yilning 20 sentabr kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni Buxoro viloyati IIB YHXB YPX inspektorlari K.Ahmedov, A.Ibodov va H.Polvonovlar belgilangan dislokatsiya asosida G‘ijduvon tumani, Yu.Hamadoniy ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida, soat 10:30larda “Gaz 3110” rusumli davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi R.X. YPX inspektori K.Ahmedov tomonidan belgilangan tartibda to‘xtatilgan.

YPX inspektori haydovchining oldiga borib, o‘zini tanishtirib, me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan. Haydovchi me’yoriy hujjatlari yonida mavjud emasligini bildirgan.

Shundan so‘ng, YPX inspektori haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandida belgilangan talablarni buzganligini aytib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirishi zarurligini tushuntirgan.

Haydovchi avtomashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘lgan va “Gaz 3110” rusumli transport vositasining ustiga chiqib olgan.
YPX inspektori haydovchiga me’yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli ushbu avtomashinani jarima maydonchasiga qo‘yishga majburligini yana qayta tushuntirganidan so‘ng transport vositasi jarima maydonchasiga kiritilgan, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 258
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 383
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 95
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 230
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 171
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 206
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar