“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

Dunyoning eng qimmat sport klublari ma’lum qilindi

01 avg, 07:00 2 345 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning eng qimmat sport klublari ma’lum qilindi Foto: Richard Rodriguez /Getty Images
AQSHning Forbes nashri dunyoning eng qimmat 50 ta sport klubining 2020 yilgi ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga 5 yildan beri AQSHning “Dallas Kovboys” klubi yetakchilik qilib kelmoqda.

Yetakchi o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. «Dallas Kovboys», narxi 5,5 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egasi — Jerri Jons (Forbes Real-Time’ga ko‘ra boyligi 8,5 mlrd dollarni tashkil qiladi).
2. «Nyu-York Yankis», narxi 5 mlrd dollar, beysbol, AQSH. Egasi —Shteynbrennerlar oilasi (2015 yilda 3,2 mlrd dollarlik boylik bilan AQSHning eng boy oilalari reytingiga kirgan).
3. «Nyu-York Niks», narxi 4,6 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egasi — Madison Square Garden Company.
4. «Los-Anjeles Leykers», narxi 4,4 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egalari —Jerri Bass va milliarder Filipp Enshatsning (boyligi 10,1 mlrd dollar) oilaviy trasti.
5. «Golden Steyt Uorriorz», narxi 4,3 mlrd dollar, basketbol, AQSH. Egalari — milliarder Jo Leykob (boyligi 1,2 mlrd dollar) va Peter Guber.
6. «Real Madrid», narxi 4,24 mlrd, futbol, Ispaniya. Egalari — klub a’zolari.
7. «Nyu-Inglend Petriots», narxi 4,1 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egasi — milliarder Robert Kraft (boyligi 6,6 mlrd dollar).
8. «Barselona», narxi 4,02 mlrd, futbol, Ispaniya. Egalari — klub a’zolari.
9. «Nyu-York Jayents», narxi 3,9 mlrd dollar, amerikancha futbol, AQSH. Egalari — Jon Mara va milliarder Stiven Tich (boyligi 1 mlrd dollar).
10. «Manchester Yunayted», narxi 3,81 mlrd dollar, futbol, Britaniya. Egalari — Gleyzerlar oilasi (2015 yilda 4,7 mlrd dollarlik boylik bilan AQSHning eng boy oilalari reytingiga kirgan).

“Dallas Kovboys” klubi reytingga qatorasiga 5 yildan beri yetakchilik qilmoqda. Umuman olganda, AQSHning Milliy futbol ligasida (amerikancha futbol) ishtirok etuvchi jamoalar reytingda eng ko‘p sonli bo‘lib, 27 tani tashkil qilmoqda. Bu MFL o‘yinlari tribunalarda ko‘plab muxlislar to‘plashi va teletomoshabinlar orasida katta qiziqishga egaligi bilan tushuntiriladi: 2019 yilning eng kassabop 100 translyatsiyasi ro‘yxatiga MFLning 73 ta o‘yini kirgan.

Reytingga, shuningdek, Milliy basketbol assotsiatsiyasidan 9 ta jamoa kirgan. E’tiborlisi, MBAning 3 ta jamoasi reytingning yetakchi beshtaligidan joy olgan. Bu esa oxirgi 10 yil davomida MBA jamoalari o‘rtacha hisobda 6 marta qimmatlashgani evaziga mumkin bo‘ldi.

Reytingdan 7 tadan beysbol jamoasi va futbol jamoasi joy olgan. Ta’kidlash joiz, reytingga kirgan futbol jamoalarining barchasi Yevropa klublaridir. Reytingga «Real», «Barselona», «MYU»dan tashqari, «Bavariya» (3,02 mlrd dollar), «ManSiti» (2,69 mlrd dollar), «Chelsi» (2,58 mlrd dollar) va «Arsenal» (2,27 mlrd dollar) kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 1
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar