“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:33
ЎЗO‘Z

JSST rahbari koronavirusning tarqalishida yoshlarni aybladi

31 iyul, 18:33 2 156 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST rahbari koronavirusning tarqalishida yoshlarni aybladi Foto: AP Photo
Dunyoning qator davlatlarida koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin oshishiga zaruriy himoya choralariga rioya qilmayotgan yoshlarning beparvoligi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

«Dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim davlatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlarining ortishiga Shimoliy yarim shardagi yozgi mavsumda o‘zlarining himoya to‘siqlarini susaytirayotgan yoshlarning xatti-harakatlari sabab bo‘lmoqda», — deydi Gebreyesus.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yoshlar xuddi boshqalar kabi o‘zlarini himoya qilish yo‘lida barcha ehtiyot choralarini ko‘rishlari lozim. «Bu haqda oldin ham aytganmiz va yana takrorlaymiz: yoshlar yengilmas emas. Yoshlar ham kasallikka chalinishi, o‘lishi va virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin», — deydi tashkilot bosh direktori.

JSSTning Favqulodda kasalliklar bo‘limining boshlig‘i Mariya van Kerkxovening so‘zlariga ko‘ra, kasallik yoshlarda ko‘pincha yengil shaklda kechadi, biroq JSSTda kasallik yoshlarda ham og‘ir kechgani yoki o‘lim bilan tugagani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. «Bundan tashqari, siz sog‘lom bo‘lishingiz mumkin, biroq hamroh kasalliklari bor yoshi katta insonlarga kasallikning yuqishida vositachiga aylanib qolasiz», — deydi Kerkxove.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 0
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 107
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar