“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:06
ЎЗO‘Z

Bolalar onasi bag‘riga qaytdi

30 iyul, 15:00 3 612 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolalar onasi bag‘riga qaytdi . Bolalar ota-onasi bilan baxtiyor. Ammo ming afsuski, hayot ba’zan farzandlar istagi asosida qurilmagan bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq jabr chekadigan, ruhan eziladigan o‘rtadagi bolalar bo‘lishi mumkin. Er-xotin munosabatlarining nomutanosibligi yoki qaynona kelinning o‘zaro kelishmovchiligi bois ajrashib ketgan oilalarda voyaga yetayotgan bolalar otasini tanlasa ona mehridan, onasini desa ota mehridan mosuvo bo‘lib yashaydi. Biroq har qanday holatda ham qonun aytgan so‘z haq so‘zdir.

Gulmira Sirojiddinga turmushga chiqqanda dunyoda undan baxtli ayol yo‘qdek edi. Birin- ketin uch farzandlik bo‘lishdi. Turmushlari o‘xshamadi. Sabablar bisyor, oqibat esa ajrim bilan tugadi. Mana, sud chiqargan qaror bo‘yicha bugun Azizbek, Bilolbek va Sevinchxonlar Gulmiraning bag‘riga qaytishi kerak.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2020 yil 19 maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.O. dan undiruvchi G.T. foydasiga 2008, 2011 va 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 8 iyul kuni davlat ijrochilari tomonidan olib berildi. Bolalarni otasidan onasiga majburiy tartibda olib berish oson kechmaganligini tasavvur qiyin emas, albatta.

Byuro o‘z vakolatlari doirasida vazifasini amalga oshirdi, ammo farzandlari yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetishga ming karra haqli ekanligini vaqtida anglab yetish pushaymonliklar oldini olishini unutmaylik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar