“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:45
ЎЗO‘Z

AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlandi

28 iyul, 12:15 2 913 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlandi Foto: AP Photo[sup][/sup]
AQSHda 27 iyuldan boshlab Moderna biotexnologiya kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovining uchinchi — yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

Klinik sinovlarda 30 ming kishi ishtirok etadi, u 1:1 nisbatda randomizatsiyalangan platsebo-boshqariluvchi tadqiqot usuli bo‘yicha amalga oshiriladi.

Associated Press agentligining yozishicha, bu ko‘lami jihatidan koronavirusga qarshi hozirga qadar o‘tkazilgan dunyodagi eng yirik klinik sinov hisoblanadi.

Moderna kompaniyasi vaksinani yaratish uchun AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligidan 483 million dollar olgan. Shu bilan birga, klinik sinovlarning uchinchi fazasi u qadar ko‘p bo‘lmagan ko‘ngillilar orasida o‘tkazilishi taxmin qilingandi.

Biroq Food and Drug Administration bilan (Rospotrebnadzor muqobili) kelishilgan holda tomonlar uchinchi fazadagi sinovlar ko‘lamini kengaytirishga qaror qilgan. Buning uchun kompaniyaga qo‘shimga 472 million dollar ajratiladi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini xabar qilgan. Uni ishlab chiqarish avgust oyida boshlanishi mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 90 million dozalik COVID-19 vaksinasiga buyurtma bergani haqida ham xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 333
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 102
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 0
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 0
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 0
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Bo‘limlar