“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:37
ЎЗO‘Z

Tarvuzning qanday foydali xususiyatlari bor?

27 iyul, 16:30 5 635 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tarvuzning qanday foydali xususiyatlari bor? Poliz ekinlari meva va sabzavotlarni bugungi kunda istalgan faslda do‘konlardan topish imkoni bo‘lsa-da, mutaxassislar tarvuzni aynan yoz mavsumida yeyishni tavsiya qiladi.

Chunki tabiiy yo‘l bilan pishib yetilgan tarvuzda ozuqa moddalari to‘planishi vaqt, harorat, namlik va yorug‘lik darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa fasllarda issiqxonada yetishtirilgan tarvuzlarda esa foydali xususiyatlar, tabiiy yetishtirilganidan farq qiladi. Harper’s Bazaar nashri yozda sevib iste’mol qilinadigan tarvuzning foydali xususiyatlariga to‘xtaladi.

Foydali jihatlari
Tarkibida 92 % suv bo‘lgan tarvuz, vitaminlarning koni hisoblanib organizm faoliyatida ahamiyatli hisoblanadi. Kaliy va magniyga boy bo‘lgan mazkur mahsulot, asab tizimi va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu minerallar ish samaradorligini oshirib, xotira va diqqatni yaxshilaydi.

Bundan tashqari tarvuzning antioksidantlik xususiyati ham yuqori hisoblanadi. Vitamin A va B, kartonoidga boy bo‘lgan ushbu mahsulot, yallig‘lanish va organizmning erta qarishini oldini oladi. Tarkibida suv, vitamin va minerallar yuqoriligi esa, teri salomatligi va ko‘rinishga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Hujayralarni ichki tomondan namlantirib, teri qurishi va ajin tushishining oldini oladi.

Qolaversa, tarkibida mavjud moddalar sabab, yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi va mustahkamlaydi va shu sabab ham necha yosh bo‘lishdan qat’i nazar, profilaktika sifatida tarvuz iste’mol qilib yurish tavsiya qilinadi.

Foto: Harper’s Bazaar
Ushbu poliz ekini tarkibidagi likopin, organizmdagi «yomon» xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon-tomir devorlarini mustahkamlab, oksidlanish reaksiyalarini oldini oladi.

Kartonoidga boyligi sabab, ko‘z salomatligiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Faol moddalar yosh bilan bog‘liq ko‘z kasalliklari, xususan, kataraktaning oldini oladi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Sport mashqlaridan keyin organizmdagi suv zapasini to‘ldirish va mushaklar tiklanishi uchun ham tarvuzdan a’losi bo‘lmaydi. Tarvuz sitrullin — o‘simlik aminokislotasiga boy ekani sabab, mushak to‘qimalarining qayta tiklanishini tezlashtirib, jismoniy mashqlardan keyingi og‘riqlarni kamaytiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 228
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 139
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 116
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 257
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar