“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:06
ЎЗO‘Z

Ayollardagi erkaklarni maftun etadigan 7 kamchilik

26 iyul, 17:40 6 297 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayollardagi erkaklarni maftun etadigan 7 kamchilik Foto: Freepik
Haddan ortiq go‘zallik atrofdagilarni lol qoldiradi deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Hech kim mukammal bo‘lmaydi va haqiqiy sizni e’zozlaydigan inson sizni boringizcha qabul qiladi.

To‘lachadan kelgan ayollar
Mukammal qomat chiroyli ekanini inkor etib bo‘lmaydi, biroq ishoning erkaklar oila davrasida Anjelina Joli singari ayolni emas, ayollarga xos latofatli qomati bo‘lgan shu bilan birga fe’l-atvori go‘zal insonni ko‘rishni istaydi.

Mimika ajinlari
Bunday ajinlar sizning yoshingiz o‘tayotganidan emas, shunchaki quvnoq fe’l-atvor egasi ekaningizdan dalolat beradi. Ayniqsa, go‘zallik ukollari bilan hamma bir xildek qiyofaga ega bo‘lgan bir vaqtda tabiiy, ammo o‘ziga qaragan ayollar e’tibor va hurmatdan chetda qolmasligi aniq.

O‘rta bo‘y
Aniqlanishiga qaraganda, erkaklar o‘rta bo‘yli ayollarni yoqtiradi. Chunki bo‘yi baland va kelishgan inson, nozik jins vakili oldida o‘zini himoyachidek his qilishni istaydi.

Oddiylik
Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli, lekin e’tibor tortish uchun mukammallikka intilmagan ayol-qizlarga qiziqish bo‘lishi tabiiy. Bu o‘ziga qaramaslik yoki topgan kiyimni kiyish kerakligidan dalolat bermaydi, shunchaki o‘ziga bo‘lgan ishonchi va asosiysi qalbi go‘zal bo‘lgani uchun ham oddiy, ammo didli libosda o‘zini baxtli his qiladigan va ichki dunyosidagi quvonch yuziga istara beradigan inson bilan boshqalar yaqindan tanishishni istashini anglatadi. Chunki asli unday emas, ammo keragidan ortiq darajada mukammal ko‘rinishga harakat qilish erkaklarning qiziqishi yo‘qolishiga olib keladi. Nomiga qilingan makiyaj, o‘zingizga yarashgan oddiy libos sizni tosh va durlarga bezanib diqqat menga qaralsin, deydigan darajada kiyingan ayollardan nazokatli va jozibali ko‘rsatadi.

Hazilkashlik
Munosabatlarda har qanday vaziyatlar yuzaga kelish tabiiy va uning yechimi inson hamrohining reaksiyasi va o‘zini tutishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, oilada jiddiy va darhol qaror qabul qilish kerak bo‘lgan voqealar bo‘lgani bilan, boshga yomon kun tushganda qo‘shilib birgalikda depressiyaga tushish emas, hazilkashlik va quvnoqlik bilan g‘amlardan chalg‘itadigan inson bilan birga bo‘lishga xohish paydo bo‘ladi.

Tabiiylik
Yig‘lagingiz kelyaptimi — yig‘lang, kulgingiz kelyaptimi — kuling. Faqat buni ko‘z yoshi bilan ish bitirish yoki yengil tabiatlik qilib hamma narsaga kulaverish bilan adashtirmang. Erkaklarga nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki o‘zini tutishi ham tabiiy shu bilan birga tarbiyali va madaniyatli ayollar yoqadi. Boringizcha bo‘ling ammo, shu borligingizda xudbinlik va maqsad yo‘lida har nedan toymaslik kabilar mujassam bo‘lmasin.

Ishtahali
Chiroyli va kelishgan qomat hammaga ham yoqishi tabiiy. Lekin so‘nggi paytlarda ayol va qizlar ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun tanovuldan tiyiladigan va rohat olmaydigan bo‘lib qoldilar. Psixologlarning ta’kidlashiga qaraganda, hech nima insonni birga tayyorlangan va iste’mol qilingan taomchalik yaqinlashtirmaydi. Erkaklarga ishtahasi yaxshi va ovqatlanishni rostan ham yaxshi ko‘radigan va buni atrofdagilardan yashirmaydigan nozik jins vakillari yoqadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 317
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 210
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 476
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 324
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 351
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 431
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar