“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:29
ЎЗO‘Z

Aziz Abduhakimov: "Karantin kimgadir noqulaylik tug‘dirish uchun emas, balki juda zarur bo‘lgani uchun uzaytirilmoqda"

26 iyul, 17:05 2 344 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aziz Abduhakimov: "Karantin kimgadir noqulaylik tug‘dirish uchun emas, balki juda zarur bo‘lgani uchun uzaytirilmoqda" Karantin davrida ham fuqarolarning zaruriy holatlarda, qon tahlili, test topshirish, tibbiy yordam olish uchun harakatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. IIV tomonidan tashkil qilingan postlarda zaruriy holatlarda harakatlangan odamlarga lozim bo‘lsa, manziliga yetib olishlari uchun yordam ham beriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiri bilan suhbatda karantin muddati nima sababdan cho‘zilayotgani va mavjud vaziyat haqida ma’lumot berdi.

«Koronavirus yosh, millat, kasb yoki jamiyatdagi mavqega qarab tanlamaydi. Hozir kasallikning ko‘pchilikka yuqayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Afsuski, mening ota-onam ham virus bilan zararlandi. Ular barcha karantin qoidalariga rioya qilgan bo‘lishlariga qaramay, bozorda tasodifiy tarzda kasallik yuqtirib olishgan va hozir davolanishmoqda.

Bu kabi misollar juda ko‘p. O‘tgan hafta men uchun qadrdon bo‘lgan ikki nafar insonni yo‘qotdim. Bunday holatlar har birimizning hayotimizda kuzatilishi mumkin
», – dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Maxsus komissiya a’zosi ayni paytda kasallikning barcha hududlarga tarqalgani, shuning uchun ham karantin qoidalari 15 avgustgacha uzaytirilayotgani, bu kim uchundir noqulaylik hosil qilish uchun qilingan qaror emas, balki juda zarur ekanini bildirdi.

«Lekin karantin davrida ham fuqarolarning zaruriy holatlarda, qon tahlili, test topshirish, tibbiy yordam olish uchun harakatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. IIV tomonidan tashkil qilingan postlarda zaruriy holatlarda harakatlangan odamlarga lozim bo‘lsa, manziliga yetib olishlari uchun yordam ham beriladi.

Lekin hammamiz faqat karantingina kasallik tarqalishi zanjirini uzishga yordam berishini to‘g‘ri tushunishimiz lozim. Koronavirusdan zararlangan yoshlar uchun ham kasallik oqibatlari fojiali bo‘lmoqda. Masalan, Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 30 yoshli magistranti ham 2 kun oldin vafot etdi
», – dedi Aziz Abduhakimov.

Bosh vazir o‘rinbosari tibbiyot muassasalariga murojaat qiluvchilar ko‘pligi, tibbiyot xodimlari ham imkon qadar harakat qilayotganini qayd etib, mavjud xalqaro tajriba karantin muddatini cho‘zish va kasallanish muddatini maksimal darajada uzaytirish zarurligini ko‘rsatayotganini aytdi.

«Albatta, hozir hammaga og‘ir bo‘lmoqda, ko‘pchilik daromad manbayidan mahrum bo‘lgan. Maxsus komissiya bunday odamlar haqida ham o‘ylamoqda. Ularga karantin cheklovlari davrida zaruriy oziq-ovqatlar yetkazib beriladi», – dedi Aziz Abduhakimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda Milliy gvardiya formasida yurgan shaxs qo‘lga olindi 19 mar, 13:05 62
  • Toshkentdagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi 19 mar, 10:37 97
  • O‘zbekistonda 6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi 19 mar, 06:00 73
  • 368 mln so‘mlik sof quyma oltinni Toshkentga olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi 18 mar, 22:56 151
  • Qirg‘izistonlik ayol o‘zbekistonlik eridan alimentni MIB orqali undirib oldi 18 mar, 21:46 123
  • Prezident: endi yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida o‘tkaziladi 18 mar, 18:00 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jangdan 20 million dollar gonorar oladi 19 mar, 13:56 65
  • O‘tkir tomoq og‘rig‘ining kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish usullari 19 mar, 13:30 49
  • Toshkentda Milliy gvardiya formasida yurgan shaxs qo‘lga olindi 19 mar, 13:05 62
  • Qozog‘iston neftdan qancha daromad topadi va uni qaysi davlatlarga sotadi? 19 mar, 12:41 218
  • Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi 19 mar, 12:26 143
  • Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum bo‘lmoqda 19 mar, 12:22 94
  • Toshkentdagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi 19 mar, 10:37 97
  • Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha bosh vazir boshchiligida komissiya tuziladi 19 mar, 10:10 34
  • BMT: G‘azoda kamida 1,1 mln odam ocharchilik xavfi ostida 19 mar, 09:43 27
  • Eron Isroilning G‘azodagi Al-Shifo kasalxonasiga tajovuzkor hujumini qoraladi 19 mar, 09:13 45
  • Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi 19 mar, 08:44 155
  • Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi? 19 mar, 08:13 520
  • Bo‘limlar