“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:28
ЎЗO‘Z

«Tashxis qo‘ymasa ham, bemorni tinchlantirishi mumkin» – shifokor «Tez yordam» chaqiruvlari haqida

20 iyul, 13:51 2 343 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tashxis qo‘ymasa ham, bemorni tinchlantirishi mumkin» – shifokor «Tez yordam» chaqiruvlari haqida «Tez yordam» loyihasining ilk sonida immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva kasallik yengil formada o‘tayotgan bemorlarning ham «Tez yordam» chaqirishiga shifokor sifatida munosabat bildirdi.

«Bemorning o‘zi koronavirus kasalligini yengil formada o‘tkazayotgani haqida bilmaydi. U o‘zini yomon his qilishi tufayli «Tez yordam» chaqiradi. «Tez yordam»da tashxis qo‘yish imkoni bo‘lmagani bilan shifokor bemorni tinchlantirish imkoniga ega.

Hozir faqat koronavirus haqida gapirganimiz bilan boshqa kasalliklar yo‘qolib qolmagan. Kimdir infarktni, kimdir insultni boshidan o‘tkazishi mumkin
», deya ta’kidladi shifokor.

U hamma insonlar ham faqat hid va ta’m bilmay qolgani uchungina «Tez yordam» chaqirmasligi, ayrim paytlarda odamlar kasallikni o‘tkazib ham yuborishayotganini qayd etdi. Shuning uchun shifokorlar ham e’tiborliroq bo‘lishi, poliklinika shifokorlari ham mas’uliyat bilan ishlashi zarurligi ta’kidlandi.

«Menimcha, koronavirus haqida kun ora turli onlayn platformalar orqali poliklinika shifokorlari bilan ham treninglar olib borish kerak», dedi u.

Loyihaning yana bir ishtirokchisi, Virusologiya instituti ilmiy xodimi Ra’no Qosimova esa respublikadagi barcha shifokorlar koronavirus bo‘yicha o‘qitilgani, bemorlarning uchastka shifokoriga biriktirilishining sababi ham shunda ekanini aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, poliklinika shifokorlari bemorning tibbiy ahvolidan xabardor bo‘lishadi va unga kerakli muolajalarni buyurishi, agar lozim bo‘lsa, statsionar sharoitda davolanishga yo‘llanma berishi ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar