“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 16:50
ЎЗO‘Z

Koronavirusning yangi alomati ma’lum qilindi

18 iyul, 20:25 4 889 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusning yangi alomati ma’lum qilindi Britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan yangi izlanishlar natijasiga ko‘ra, koronavirusning yo‘talish, isitma va hid bilish qobiliyatini yo‘qotish kabi alomatlari qatoriga teriga toshma toshishini ham qo‘shish kerak.

Olimlar o‘z tadqiqotlarida Buyuk Britaniyada yaratilgan “COVID simptomlarini o‘rganish” deb nomlangan mobil ilovadan foydalanishgan bo‘lib, bu ilovada odamlar o‘zlaridagi koronavirus alomatlarini yozib borishi mumkin. Ushbu ilova orqali 336 ming kishidan koronavirus simptomlari haqida ma’lumot olingan. Ajablanarlisi shundaki, ularning ko‘pchiligida teri toshmalari kuzatilgan.

Unga ko‘ra, koronavirusni yuqtirib olganlarning 8.8 foizining terisida kasallik alomati sifatida toshmalar ham paydo bo‘lgan. Bu esa toshmalar COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

«Ko‘plab virusli infeksiyalar odam terisiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun koronavirusga chalingan bemorlarning terisida toshmalar paydo bo‘lishi g‘ayrioddiy hodisa emas. Lekin, odamlar shuni bilishlari muhimki, ba’zi hollarda teridagi toshmalar koronavirusning birinchi yoki yagona alomati bo‘lishi mumkin. Shuning uchun siz teringizda yangi toshma paydo bo‘lganini ko‘rsangiz, buni jiddiy qabul qilishingiz va o‘zingizni izolyatsiyaga olib, imkon boricha tezroq koronavirusga test topshiringiz kerak», deydi ushbu tadqiqot muallifi dermatolog Veronika Batayle.

«Bu tadqiqotdan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar o‘zlarining terisidagi shish, toshma kabi har qanday o‘zgarishlarga jiddiy e’tibor berishi kerak. Aholining koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan toshmalar haqida ertaroq ma’lum qilishi ushbu infeksiyaning aniqlanishi va uning tarqalishini to‘xtatishga yordam berishi mumkin», deydi Britaniya dermatologlari assotsiatsiyasi prezidenti Tanya Bleyker.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 20
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 62
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 110
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 169
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 66
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 61
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 202
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 186
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 68
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 385
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 99
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 120
  • Bo‘limlar