“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 23:54
ЎЗO‘Z

Bir kunda qancha shakar iste’mol qilish kerak?

18 iyul, 06:00 4 459 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir kunda qancha shakar iste’mol qilish kerak? Foto: Elle
So‘nggi yillarda nutritsiolog va velnes-inflyuyenserlar tomonidan shakar iste’moli zararli ekani qayta-qayta ta’kidlanib kelinadi va bu bejizga emas, chunki shakar, metabolizmning yomonlashishi, ortiqcha vazn hamda kasalliklarga sababchi bo‘lishi isbotlangan. Quyida tana salomatligi va vazn ortmasligi uchun qancha shakar iste’mol qilish mumkinligiga to‘xtalamiz.

Iloji boricha, tanlovni tabiiy shirin meva, asal va siroplarga qaratish kerak. Masalan konfet, shokolad o‘rniga mikroelementlar va kletchatkaga boy quritilgan xurmo iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Oq shakardan esa butkul voz kechish, shakar qo‘shilgan mahsulotlarni esa ratsiondan qisqartirish kerak.

Me’yorga amal qiling
Shakarni keragidan ko‘p yeyish eng ko‘p tarqalgan odatlardan biri. O‘rtacha bir kishi, kuniga 3000 ortiqcha kaloriya, ya’ni 19 choy qoshiq shakar iste’mol qiladi. Desertlar, mevali yogurt, shirinliklarning bari shakarning koni hisoblanadi. Bunday mahsulotlar iste’molini oshirib yubormaslik va o‘rganib qolmaslik tavsiya qilinadi.

Foto: Elle
Bir kunda qancha shakar yeyish mumkin?
Shakar iste’molida aniq bir cheklov yoki me’yor bo‘lishi individual — vazn, salomatlik holati va kasalliklari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasalliklar turiga qarab uni kamaytirish yoki butkul cheklash mumkin bo‘ladi. Amerika kardiologiya uyushmasi shakar iste’moli normasini quyidagicha tasniflaydi:

erkaklar: kuniga 150 kaloriya (37,5 gr yoki 9 osh qoshiq);
ayollar: kuniga 100 kaloriya (25 gr yoki 6 osh qoshiq).

Shuningdek, ayrim mutaxassislar iste’mol qilingan shakar kunlik kaloriyaning 10 foizidan oshmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Bu kuniga 2000 kaloriya iste’mol qiladigan kishi 50 gr yoki 12,5 choy qoshiq shakar yeyishi kerak degani. Sog‘lom, faol organizm bunday miqdordagi shakarni oson hazm qila olishi mumkin, lekin ushbu mahsulotni qancha kam iste’mol qilinsa, shuncha yaxshiligini unutmaslik kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 81
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 238
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 142
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 235
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 361
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 0
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 0
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 10
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Bo‘limlar