“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:43
ЎЗO‘Z

Buxoroda soxta AOKA xodimlari va tovlamachi «muxbir»lar qo‘lga olindi

16 iyul, 19:00 3 218 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda soxta AOKA xodimlari va tovlamachi «muxbir»lar qo‘lga olindi Buxoro viloyatining Olot tumanida o‘zlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining vakillari va «Yurt salohiyati» gazetasi muxbirlari deb tanishtirgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining telegrammdagi rasmiy kanalida ma’lum qilinmoqda.

Mazkur shaxslar tumandagi savdo do‘konlari, bozor, kafe va restoranlar faoliyatiga noqonuniy aralashib, tekshiruvlar o‘tkazib, salbiy maqola chiqarish orqali savdo ob’ektini yoptirish, jarimaga tortish va tashkilot rahbarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish bilan qo‘rqitgan.

Tadbirkorlarning tuman IIBga qilgan murojaatidan so‘ng ularning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Ular — 1975 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan X.Sh.Sh., 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan M.U.M. va 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan K.E.M. ekanligi aniqlandi.

Tekshiruv davomida ularning yonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi» degan soxta yozuv kiritilgan, davlat gerbi va bayrog‘i tushirilgan xizmat guvohnomalari, bozor va savdo do‘konlarini tasvirga olgan qo‘l telefonlari va boshqa ayrim tegishli hujjatlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Ayni paytda ushbu shaxslarning harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Olot tuman IIB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shuni ma’lum qiladiki, «Yurt salohiyati» gazetasi 2019 yil 19 sentabrda Agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Muassis — OLTIN ASR SERVIS MCHJ. Ushbu nashr va muassis Agentlikka daxldor emas va xizmat guvohnomasida Agentlik nomi qonunga zid ravishda kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli ravishda murojaat qildi va masala tez orada qonuniy yechim topadi. Yurtdoshlarimizni esa yanada hushyor va ogoh bo‘lishga chorlab qolamiz», deyiladi agentlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 0
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi 28 mar, 06:00 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 0
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 271
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Bo‘limlar