“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2020, 04:15
ЎЗO‘Z

Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi

16 iyul, 18:13 2 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Qizlarxon Begmatova virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklarni sanab o‘tdi.

«O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar kapsula, damlama, tabletka va boshqa dori shakllarida preparatlar tayyorlanadi. Lekin aynan viruslarga qarshi damlamalarni qo‘llash masalasi an’anaviy tibbiyotda keltirilmagan.

Viruslarga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri bu – immunitet, ya’ni organizmning virusli infeksiyalarga qarshi himoyasini kuchaytirishdir. Virusli infeksiyalarda isitmani tushirish, yallig‘lanish jarayonlarini susaytirish maqsadida na’matak damlamasi, chuchukmiya ildizi qaynatmasi, moychechak, shalfey yaproqlari, tirnoqgul o‘ti damlamalari halq tabobatidan keng qo‘llanadi
», deya agentlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bildirilishicha, O‘zbekistonda 215 turdagi virusli infeksiyani davolashda qo‘llanadigan dori vositalari ishlab chiqariladi.

«O‘zbekistonda virusli infeksiyalarda davolashda qo‘llanadigan 44 nomdagi preparat mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ular asiklovir, entekavir, oksolin, umifenovir, lamivudin, abakavir, rutan kabi ta’sir etuvchi moddalar saqlagan hamda majmuaviy tarkibga ega bo‘lgan viruslarga qarshi vositalardir.

Mamlakatda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaradigan jami 202ta korxona mavjud. Shularning 55tasi tomonidan 215 turdagi virusli infeksiyani davolashda qo‘llanadigan bir qator dori vositalari ishlab chiqariladi.

Xususan, Nobel Pharmsanoat kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi va yangi dori vositasi qisqa muddatlarda o‘zlashtirildi. Favipiravir faol moddasi saqlovchi dori vositasi Yaponiya, Rossiya va bir qator davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda yuqori samara ko‘rsatib kelmoqda
», dedi Qizlarxon Begmatova.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar xolesterinni kamaytiruvchi dori koronavirusni davolashda naf berishini aniqladi 15 iyul, 15:13
  • Koronavirusni qayta yuqtirish mumkinmi? Davlat bosh sanitariya inspektori javob berdi 10 iyul, 16:05
  • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi samarali dori vositalaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda 06 iyul, 16:33
  • Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma’lum qildi 30 iyun, 14:42
  • Virusli gepatit bilan kasallanganlarga dorilarni bepul ajratish taklif qilindi 13 apr, 16:43
  • Prezidentning Andijonga tashrifi: ikki yil ichida farmsanoatda inqilobiy o‘zgarish bo‘ladi 15 iyun, 12:54
  • So'nggi yangiliklar
  • Sotqin generalning o‘limi. 1946 yil 3 avgust – Gitlerga xizmat qilgan general Vlasov qatl etilgan kun 04 avg, 00:28 197
  • Andrey Kanchelskis: Ayrim futbolchilar o‘zlarining nimalarga qodirliklarini hali ko‘rsata olishmadi 04 avg, 00:22 122
  • Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi 03 avg, 23:53 402
  • Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 700dan ortiq yangi holat qayd etildi 03 avg, 23:30 247
  • Rossiya o‘z vaksinasiga ega ilk mamlakat bo‘lishga yaqin 03 avg, 23:23 546
  • Bojxonachilar 144 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi 03 avg, 23:04 174
  • Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi 03 avg, 22:42 259
  • Megan Markl otasiga yozgan xatini chop etgan gazetaga sudda yutqazdi 03 avg, 22:20 239
  • Turkiyada «Jaloliddin Xorazmshoh» serialini suratga olish ishlari boshlandi (foto, video) 03 avg, 21:53 347
  • «Allohdan bunday sharoitda olib ketmasligini so‘radim». Yulduz Usmonova bir necha kun isitmalab yotgani haqida so‘zlab berdi (video) 03 avg, 21:27 595
  • Koronavirusga qarshi kurashda qaysi davlatdan o‘rnak olish kerak? 03 avg, 21:03 776
  • Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi 03 avg, 20:40 656
  • Bo‘limlar