“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 21:03
ЎЗO‘Z

SSVda koronavirusni davolash jarayonlariga mas’ul tayinlandi

16 iyul, 08:24 2 285 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSVda koronavirusni davolash jarayonlariga mas’ul tayinlandi Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Kun.uz manbasi xabar berishicha, bu haqda prezident raisligida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qilingan.

Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev koronavirusni davolash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga mas’ul bo‘lishi va Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallashini ma’lum qilgan.

Abduhakim Hojiboyev 1951 yilda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1990-1999 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bosh ilmiy xodim, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

1999-2000 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o‘rinbosari, 2000-2003 yillarda va 2007-2016 yillarda ilmiy markaz bosh direktori bo‘lgan.

U 2003-2007 yillarda va 2016-2017 yillarda ham Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yil aprelida esa u Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga o‘tkazilgan va Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Bugungi videoselektorda prezident Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish borasidagi ishlarni tanqid qildi hamda mas’ullarni ogohlantirdi. Xususan, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan berildi.

Ushbu videoselektordan keyin televideniyega bergan intervyusida Abduhakim Hojiboyev vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan. Uning ma’lum qilishicha, endilikda koronavirus testi natijalari chiqishini tezlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

«Hozirda ko‘pchilikni test tahlillarini o‘tkazish jarayoni tashvishga solmoqda. Bu kasallik gumon qilingan odamlar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ulardan tezlik bilan test olish va natijalarini tezlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qo‘shimcha PSR apparatlari sotib olinmoqda, qo‘shimcha laboratoriyalar tashkil etilmoqda.

Qolaversa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida har bir tumanda laboratoriyalar tashkil qilinishi, ularda ishlovchi xodimlarni tayyorlab, laboratoriyalarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Undan tashqari, uyida davolanayotganlarga yetarli miqdorda dorilar xarid qilib, yetkazish vazifasi qo‘yildi», degan u.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprelida Bahodir Yusupaliyevga vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgandi. Ayni vaqtda u Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini saqlab qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 59
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 33
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 75
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar