“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 04:55
ЎЗO‘Z

Yana 4 o‘lim qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 70dan oshdi

16 iyul, 00:35 2 746 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yana 4 o‘lim qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 70dan oshdi Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda yana 4 o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berdi. Endilikda jami o‘limlar soni 71tani tashkil etmoqda.
Birinchi o‘lim. Toshkentda 66 yoshli bemor o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5 iyulida hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga yotkizilgan. Unga Covid-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 37 yoshli bemor o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.
Pskent tumanida yashovchi, 37 yoshli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, shu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

12 iyul kuni esa bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahrida 36 yoshli bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng Covid-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va 13 iyul kuni kasallik tasdiqlangan.
Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo‘lgan.
So‘nggi kunlarda bemorning tana harorati tushmagan. U o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Surxondaryo viloyatida 48 yoshli bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Toshkent tumanilik 48 yoshli Sh.N. joriy yil 24 iyunda xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatida bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganligi va holsizlik sabab viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

Unda Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.
Unga Covid-19 infksiyasi va ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo‘yilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shu yilning 14 iyul kuni uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bundan avvalroq, Ichki ishlar vazirligining ikki xodimi - 36 yoshli A.Sh va 48 yoshli Sh.N koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi. Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘lim holatlarini tasdiqladi.

Davlat xizmatlari agentligi xodimi ham koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilindi. SSV hozircha bu o‘lim holatini rasman qayd etmadi.

Shu vaqtgacha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 45, Buxoro, Surxondaryo va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand va Navoiyda 3tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi. Hozirga qadar faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagina virus qurbonlari qayd etilmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 526
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 75
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar