“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 10:51
ЎЗO‘Z

Olimlar asr oxiriga kelib Yer aholisi soni sezilarli kamayib ketishini prognoz qilishmoqda

15 iyul, 23:30 3 789 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar asr oxiriga kelib Yer aholisi soni sezilarli kamayib ketishini prognoz qilishmoqda Yer aholisi soni o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga 2064 yilda erishib, 9,7 mlrd kishiga yetadi. Shundan keyin dunyo aholisi soni tobora qisqarib borib, asr oxirida 8,8 mlrd kishini tashkil qiladi.
Bunday ma’lumotlarni Vashington shtati universitetidagi Sog‘liq qo‘rsatkichlari va baholanishi instituti (IHME) olimlari prognoziga tayanib BBC News telekanali keltirib o‘tdi.

Tadqiqotchilar dunyodagi tug‘ish koeffitsiyenti (bir ayol hayoti davomida dunyoga keltira oladigan bolalar soni) o‘zgarishini tahlil qilib shunday xulosaga kelishgan. 1950 yilda bu ko‘rsatkich 4,7ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda 2,4gacha kamayib ketgan.

IHME mutaxassislari 2100 yilga kelib tug‘ish koeffitsiyenti umuman 1,7gacha tushib ketishini prognoz qilishmoqda. Olimlar agar ushbu koeffitsiyent 2,1dan tushib ketsa, Yer aholisi qisqarishni boshlashiga e’tibor qaratishmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yaponiya aholisi 2017 yilda o‘z cho‘qqisiga erishib, 128 mln kishini tashkil qilgan. IHME prognoziga ko‘ra, asr oxiriga kelib Yaponiya aholisi 53 mln kishigacha kamayib ketadi. Italiya aholisi esa shu davr ichida hozirgi 61 mln kishidan 28 mln kishigacha qisqaradi. Shuningdek, asr oxiriga kelib Ispaniya, Portugaliya, Tailand, Janubiy Koreya va boshqa ba’zi davlatlar aholisi 2 marta kamayib ketadi.

Hozirda dunyoning eng ko‘p aholiga ega davlati bo‘lgan Xitoyda aholi 2024 yilga kelib maksimumga yetadi va 1,4 mlrd kishini tashkil qiladi. Biroq asr oxiriga kelib Xitoy aholisi deyarli 2 marta kamayib ketadi va 723 mln kishini tashkil qiladi. IHME prognoziga ko‘ra, umuman olganda 195 ta davlatdan 183 tasi aholisi 2100 yilga qadar qisqaradi.

Olimlarning tushuntirishicha, tug‘ish koeffitsiyentining pasayishi, birinchi navbatda, ko‘plab ayollar ta’lim olish va ishlash imkoniga tobora ko‘proq ega bo‘layotganlari va kontratsepsiya vositalari keng qo‘llanayotgani bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, XXI asr oxiriga kelib keksa yoshlilar soni ancha ortib, bolalar soni esa kamayib ketadi. Xususan, 5 yoshdan kichik bolalar soni 2017 yildagi 681 mln nafardan 2100 yilda 401 mln nafargacha kamayib ketadi. 80 yoshdan katta yoshlilar soni esa, aksincha, 2017 yildagi 141 mln nafardan asr oxirida 866 mln nafargacha ko‘payadi.

Tadqiqot mualliflaridan biri, professor Kristofer Myurrey dunyo aholisi yosh strukturasining bunday o‘zgarishini “ulkan ijtimoiy o‘zgarish” deb atamoqda. Uning ogohlantirishicha, bu jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar