“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

Ozarbayjonning ikki nafar yuqori martali zobiti o‘ldirildi

14 iyul, 19:00 3 410 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarbayjonning ikki nafar yuqori martali zobiti o‘ldirildi Ozarbayjon Mudofaa vazirining o‘rinbosari Karim Valiyev Armaniston bilan chegarada otishma natijasida ikki nafar yuqori martabali harbiylarning halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.

"Bugun ertalab general-mayor Polad Gashimov va polkovnik Ilgar Mirzayev jang paytida qahramonlarcha halok bo‘lishdi", - dedi Valiyev.

Chegarada harbiy harakatlar davom etmoqda. "Afsuski, urush qurbonsiz bo‘lmaydi. Mudofaa vazirligi rahbariyati nomidan harbiy xizmatchilarning o‘limi munosabati bilan ta’ziya izhor etaman. Ishontirib aytamanki, shahidlarimiz va yaradorlarimizning qoni o‘chmaydi", - dedi Valiyev.

O‘zi nima bo‘ldi
12 iyul kuni Ozarbayjonning shimoli-g‘arbidagi Tovuz tumanida ikki respublikaning qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston sulhni qo‘pol ravishda buzganligini va Ozarbayjonning pozitsiyalarini artilleriyadan o‘qqa tutganligini bildirdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotishlar har ikki tomonga ham etkazilgan.

Armaniston Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, bir guruh Ozarbayjon askarlari sababsiz UAZ rusumli yuk mashinasida mamlakat chegarasini kesib o‘tishga uringanlar. Armanlar tomonidan o‘t ochilishi to‘g‘risida ogohlantirilgandan so‘ng, harbiylar mashinani tashlab, o‘z joylariga qaytishdi, ammo tez orada o‘qqa tutila boshladilar va "tayanch nuqtani egallab olishga urinishni takrorladilar". Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, arman bo‘linmalari zarar ko‘rmagan, ozarbayjonliklar esa talafot ko‘rgan.

13 iyul kuni ikkala tomon ham yana otishma haqida xabar berishdi. Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanning so‘zlariga ko‘ra, ikki-uch soatlik tanaffusdan so‘ng, Ozarbayjon harbiylari o‘qqa tutishni boshladilar, unga "munosib javob" berildi. Bokuga ko‘ra, Ozarbayjon tomoni artilleriya, minomyot va tanklar yordamida armanlar istehkomini, harbiy texnikalarni yo‘q qildi, askarlar orasida ko‘plab yo‘qotishlar bo‘lgan.

Boshqa davlatlar nima deydi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mojaroning yanada avj olishini qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb atadi va tomonlardan o‘t ochishni to‘xtatishni so‘radi. Vazirlik xabarida vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.

Yevropa Ittifoqi ham qurolli to‘qnashuvni to‘xtatishga chaqirdi. "O‘t ochishni to‘xtatmaslik bu kelishilgan shartlarning jiddiy buzilishi. Imkoni boricha YEHHT maydonlaridagi monitoringni qayta tiklash zarur", - deyiladi Yevropa tashqi xizmati bayonotida. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston va Ozarbayjondan harbiy harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaro SSSR qulaganidan keyin boshlangan. Buning sababi asosan armanlar yashaydigan va Ozarbayjon nazorati ostidagi Tog‘li Qorabog‘ hududi edi va 1991 yilda ushbu hudud Bokudan mustaqillik e’lon qildi. 1992-1994 yillarda Ozarbayjon ushbu mintaqani qaytarishga harakat qildi, lekin oxir-oqibat tomonlar keyinchalik bir necha bor buzilgan sulh tuzishga rozi bo‘lishdi.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 99
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 185
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 300
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 99
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 68
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 184
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 299
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 25
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 52
  • Bo‘limlar