“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 19:31
ЎЗO‘Z

"... amaldorlarimiz tayyor emas ekan". O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olindi

14 iyul, 13:55 59 076 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"... amaldorlarimiz tayyor emas ekan". O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olindi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Birgina 13 iyul kuni 594 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 322 tasi aholi orasida qayd etildi. Bular misli ko‘rilmagan antirekord bo‘lib, ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 13872 nafarga, undan vafot etganlar 64 nafarga yetdi.

Yuzaga kelgan shunday sharoitda ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy fikrlar avj oldi. Jumladan, Facebook foydalanuvchi Akmal Tursunov o‘z sahifasida quyidagicha fikr bildirdi:

- Lentamda g‘aroyib narsalarni o‘qiyapman. Go‘yoki virusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda xalqning o‘zi aybdor ekan!
Aqllilarga eslatib qo‘yay: karantin — bu COVID-19’ning dorisi emas, kasallikning qochib bo‘lmas tarqalishini cho‘zish va sekinlashtirish vositasi.

Siz qanday bo‘ladi deb o‘ylovdingiz? Karantinda picha o‘tirsak, virus «musaffo osmonimiz»ni ko‘rib, yo‘q bo‘lib ketadi, deganmidingiz?
Virusli kasalliklarni tarqalish qonuni, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan viruslar pandemiyasining matematik formulalari, «plato» bosqichiga chiqish, so‘ngra barqarorlashuv va pasayish, «kollektiv» immunitetning shakllanishi-chi?

Siz tabiat qonunlari navbatdagi selektor yig‘ilishi va qaror bilan bekor qilinadi, deb o‘ylaganmidingiz?
Qanday bo‘ladi deb o‘ylagandingiz? 34 million aholi uchun zarur koykalar va suniy nafas oldirish apparatlar sonini qanday hisoblagandingiz?

Barcha mamlakatlar kasallar soni o‘sishi, sog‘liqni saqlash tizimi ishining favqulodda murakkablashuvini boshdan kechirdi. Chunki balo ularning ustiga yopirilib keldi.

Biz, xalqimiz virus balosiga mamlakatimizga to‘satdan «yopirilish» imkonini bermadik. Biz hukumatga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt berdik.
Men xalqimiz bu ishni ajoyib tarzda, a’lo darajada uddaladi, deb hisoblayman. Biz hukumatga pandemiyaga tayyorlanish uchun 4 oy vaqt yutib berdik. O‘z hisobimizdan, davlatning ko‘magisiz uyda o‘tirdik, zoriqib qolganlarni ham «opichlab» oldik!

Hattoki keyin ham, choralar yumshatilgach faqat ruxsat etilgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldik. Qoidalarni bitta-ikkitalar buzib turishdi.
Hattoki hozir ham zararlanish dinamikasidan kelib chiqsak (boshqa mamlakatlarga taqqoslanganda), ko‘rsatkichlarimiz dunyodagi eng yaxshisi ekanini aytish mumkin.

Lekin kimdir «o‘tirib» qo‘ydi. O‘marish mumkin bo‘lgan hamma narsani o‘g‘irlashdi. Tibbiyot, kasalxonalar, amaldorlarimiz tayyor emas ekan. Vrachlarimiz holdan toyib bo‘lishdi. Pullar allaqachon cho‘ntaklarga joylangan, resurslar qolmagan, hamma sarosimada. Xalq esa g‘azabda.

Shundayam xalq aybdormi?


Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 10 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning mavjud sog‘liqni saqlash muassasalari quvvati koronavirusga chalingan yangi bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi, «tizimni qayta tiklash» uchun 1 avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi qaytadan joriy etilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni rasman 3986 nafar edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning fikricha, O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan, O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkin.

Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1-1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi qo‘shni mamlakatlarniki kabi qulaydi.

E’tiborga molik tomoni, professor Oqilov 8 iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar «poyoniga yetgani», bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9 iyuldagi brifingda esa Oqilov koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjudligini, tizim har qancha bemorni qabul qila olishini ta’kidladi.

Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkinligini ma’lum qildi.

Avvalroq Twitter foydalanuvchilardan biri O‘rtasaroyda o‘tgan 15 kunini hikoya qilgan edi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan» deb aytilgan bemorning yaqini kasalxonalar COVID-19’dan vafot etgan marhum bemorni bir necha bor qabul qilmaganini so‘zlab berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 87
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 71
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 215
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 1
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • Bo‘limlar