“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

To‘ylariga prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurgan turkiyalik mashhurlar (foto)

14 iyul, 13:33 3 556 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘ylariga prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurgan turkiyalik mashhurlar (foto) Turkiyalik ayrim mashhurlarning to‘ylariga mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurib, yoshlarga shaxsan baxt tilagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Turkiya go‘zali va aktrisa Amine Gyulshe «Aslo voz kechmam» serialidagi roli bilan muxlislarga ma’lum. Shvetsiyada tug‘ilib katta bo‘lgan aktrisa, 2019 yilda kelib chiqishi turk bo‘lgan nemis futbolchisi Mesut O‘zelga turmushga chiqqan. Ushbu nikoh oqshomi Turkiyadagi yil to‘ylaridan biri bo‘lgan. Marosimga shaxsan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘​g‘onning o‘zi, rafiqasi Emine xonim bilan birgalikda tashrif buyurgan. Futbolchi Mesut Germaniyada tug‘ilib katta bo‘lganiga qaramay, Turkiya bilan aloqalarni yo‘qotmagan va hamisha Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Mesut va Emine 2020 yilda qizli bo‘lgan va unga Eda deb ism qo‘ygan.

Shuningdek, Turkiyaning amaldagi prezidenti 2017 yilda «Ertug‘rul: Tirilish»​ seriali yulduzi Esra Bilgich va futbolchi Gyokhan Torening nikoh to‘yida ham ishtirok etgan. Biroq prezidentning tashrifi ikki yoshning baxtining davomiy bo‘lishiga kafolat bo‘lmagan, juftlik oradan ikki yil o‘tib ajrashib ketgan. To‘yida prezidentga kamida uchta farzandli bo‘lishni vada qilgan Gyokhan esa oradan hech qancha vaqt o‘tmay qayta turmush qurgan va bu gal Erdo‘g‘on ishtirok etmagan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Erdo‘g‘on turk kinosanoatining ko‘zga ko‘ringan yulduzi Murat Yildirim va marokashlik model Iman Alban to‘yida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, sovchi sifatida Facetime orqali modelning otasidan qizini Muratga berishini so‘ragan. Juftlik 2016 yilda turmush qurgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Shuningdek, taniqli yunon-kurash sportchisi Riza Kayalpa to‘yi ham davlat rahbari ishtirokisiz o‘tmagan. Olimpiya chempioni bo‘lgan sportchi, 2019 yilda Zeynep ismli qizga uylangan. Anqaradagi hashamatli restoranlarning birida Erdo‘g‘onning shaxsan o‘zi yoshlarga nikoh guvohnomasini topshirgan.

Foto: «Yandeks Dzen»

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 1
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 98
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 175
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 81
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar