“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi

14 iyul, 12:49 2 185 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi O‘zbekistonda uy sharoitida davolanayotgan bemorlar va karantindagi shaxslarga (joyiga chiqib) tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mobil guruhlarga infeksionist shifokor, epidemiolog va umumiy amaliyot shifokorlari jalb etiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Uy sharoitida koronavirus kasalligini simptomsiz yoki yengil kechayotgan holatlarda bemorlarni ko‘zdan kechirish, salomatligida u yoki bu o‘zgarishlar kuzatilsa, yakuniy tashxis qo‘yish, shifoxonaga o‘tkazish yoki uy sharoitida qoldirish masalasiga aniqlik kiritish uchun mobil guruhlar faoliyat yuritadi.

Mobil guruhlar tarkibidagi shifokorlar koronavirus yuqtirgan bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish ehtimolidan kelib chiqib o‘rnatilgan tartib asosida qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar