“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi

14 iyul, 11:31 5 718 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi Foto: «Xalq so‘zi Online»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun o‘zbek san’atida og‘ir judolik! Yana bir san’at arbobi, o‘zlarining takrorlanmas roli bilan butun kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi», — deyiladi xabarda.

Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga ta’ziya izhor qiladi.
Ma’lumot uchun, Abdurayim Abduvahobov 1963 yil 8 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Aktyor «Shum bola», «Suyunchi», «Muhabbat sinovlari», «18-kvadrat», «Ada emas, dada», «Firibgar», «Osiy banda», «Poyga», «Bevalar», «So‘nggi nafasimgacha», «Sevgi balki, bu jannat 2», «Nazira» kabi filmlari, «Shaytanat» seriali hamda «Chimildiq» spektaklidagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.
Abdurayim Abduvahobov, Shum bola




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar