“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 04:27
ЎЗO‘Z

"Titanlar jangi"da sensatsiya ko‘ramizmi?!

13 iyul, 16:11 2 318 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Titanlar jangi"da sensatsiya ko‘ramizmi?! Kecha Coca Cola Superligasida 9-turga start berildi va ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Bugun esa turning markaziy bahsi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalidagi hozirgi holatdan kelib chiqsak bu birinchi davraning eng asosiy to‘qnashuvi ham bo‘lishi mumkin. Amaldagi chempion "Paxtakor" o‘z maydonida AGMKni qabul qiladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoalar qarama-qarshiligi ko‘pchilikning diqqat-markazida turibdi.

Rotatsiyaga ikki xil yondashadigan jamoalar
"Sherlar" asosan bir xil tarkibda maydonga tushib kelishadi. Restartdan keyin Shota Arveladze bir marta darvozabonni almashtirdi, qolgan vaqtda esa faqat markaziy himoyada rotatsiya qilib kelmoqda. Uch nafar ajoyib himoyachiga ega murabbiy ularni navbati bilan maydonga tushirib kelmoqda. Qolgan chiziqlarda esa rotatsiyaga qo‘l urilmayapti, murabbiy o‘zi uchun eng kuchli tarkibni shakllantirib olgan va unga qarshi raqiblar chora topishga qiynalishmoqda.

AGMKda esa asosiy tarkib doim o‘zgaradi. Mirjalol Qosimov har o‘yinda qaysidir chiziqda rotatsiya qilib kelmoqda. Olmaliqliklar restartdan keyingi o‘yinlarning hech birida bir xil tarkibda uchrashuvni boshlashmadi. Shu sabab AGMKning asosiy tarkibi qanday bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyinroq.

Arveladze vs Qosimov
Tartibni xush ko‘radigan ikki ajoyib murabbiylar to‘qnashuvi. Har ikkisi ham o‘yinni nazorat qilishni, ko‘proq pas o‘ynashni, shogirdlari to‘pga egalik qilishlarini xohlaydi. Lekin, tarkib va o‘yinchilarning klassi tomondan yondashilsa bugun mezbonlar birinchi raqam ostida, mehmonlar esa ikkinchi raqam bo‘lib harakatlanishadi.

Shota Arveladze to‘p nazoratini yoqtiradigan murabbiy. Uning jamoasi doim hujum uyushtirishga intiladi, futbolchilar to‘pni olishlari bilan yangi hujum tashkil etish payiga tushadilar. Gruziyalik rang-baranglikni xush ko‘radi, shu sabab "sherlar"ning hujumlari turlicha ko‘rinish oladi. Aynan bir xil uslubda hujum qilavermaydi jamoa. To‘g‘ri asosiy kuch qanotlar, lekin markazdan ham chiroyli kirib borishlar va paslar ijro etiladi.

Mirjalol Qosimov juda kuchli xarakterga ega mutaxassis. U ham to‘p nazoratini va ko‘proq pas o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Shuningdek, uning jamoasi hujum uyushtirayotganda qanotlarni tez-tez almashtiradi. Ya’ni, to‘p u qanotdan bu qanotga olib o‘tilishi ko‘p kuzatiladi yoki aksincha. Qosimov shogirdlari tartibli o‘yin namoyish etishmoqda. Bu mavsum murabbiy jamoaga ham xarakterni singdira oldi.

Hujumlari rang-barang va miyasi Cheran bo‘lgan "Paxtakor"
Peshqadamlarda o‘yinchilar tanlovi keng va sifatli. Bu esa hujumlarda bir xillikdan qochishga yordam beradi. O‘yinchilarning darajasi bunga imkon beradi. "Paxtakor"ga qarshi asosiy xavf qanotlardan keladi. Masharipov - Sayfiyev va Hamdamov - Alijonov "svyazka"lari istalgan himoyani yorib o‘tishga qodir. Ikkala qanotdagilarni ham birining ishchi oyog‘ini yopsangiz ikkinchisi yordamga keladi yoki aksi.

Raqiblar faqatgina qanotlarni betonlab tashlash evaziga "Paxtakor"ni zararsizlantira olmaydilar. Chunki, jamoaning miyasi markazda. Ha, bugungi "Paxtakor"ning o‘yini Dragan Cheran orqali quriladi. Aynan u maydondagi asosiy "aql". "So‘g‘diyona"ga qarshi safardagi mag‘lubiyatli uchrashuvda jizzaxliklar yarim himoyachisi Ayubxon No‘’monov Cheranni qo‘riqlashni qoyillatgan va serb aytarli hech nima qila olmagandi. To‘g‘ri, o‘sha kuni maydon sifatining a’lo darajada emasligi ham o‘yinga ta’sir o‘tkazgan.

Lekin, Baqoyev raqib dirijorini o‘yindan uzib qo‘ygani ham g‘alabaning asosiy omillaridan biri bo‘lgandi. Balki, bugun Qosimov ham shogirdlaridan birini chempionatimiz to‘purariga qarshi personal qo‘yar. Buning uchun unga tez harakat qila oladigan, burilishlari tez va og‘ir bo‘lmagan o‘yinchi kerak. Aks holda Cheran ikki marta u yoki bu tomonga o‘zini to‘psiz tashlagandek bo‘lib raqibini xot-dogga jo‘natishi mumkin.

Bir futbolchiga suyanib qolmagan va xarakterli jamoaga aylangan AGMK
Olmaliqliklar o‘yini bir futbolchiga suyanib qolmagan. Asosiy tarkib doim o‘zgarib turadi. Qosimov o‘yin va raqibga qarab boshlang‘ich tarkibda tez-tez o‘zgarishlarga qo‘l urib turadi. Jamoa hujumdagi asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Elguja Grigalashvilisiz ham, Vatsadze va boshqalarsiz ham o‘ynay oladi. Bu mavsum murabbiy jamoaviy o‘yinni shakllantira oldi, unda aynan bir kishi bosh rolni o‘ynamayapti. Har gal kimdir o‘zini ko‘rsatmoqda, ya’ni istalgan o‘yinchidan xavf kelishi mumkin.

Bu yilgi AGMKning eng katta yutuqlaridan biri - ular bu yil xarakterli jamoaga aylanishdi. Bir kishi kam bo‘lib qolganda gol urishni ham, o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynay olishmaganda g‘alabani ilib ketishni ham uddalashmoqda. Balki, aynan xarakter evaziga ular bugun ijobiy natijaga erishishlari mumkin.

Bir xil taktikadan foydalanadigan va standartlarni qoyillatadigan raqiblar
Qizig‘i, Arveladze ham, Qosimov ham 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi. Bu mavsum ikki jamoa ham o‘yinni aynan shu taktikada boshlamoqda. Lekin, o‘yinchilar tanlovi gruziyalikda kengroq va nisbatan kuchliroq ijrochilar yig‘ilgan.

Ikki jamoa ham standartlardan foyda chiqarishni qoyillatishadi. Mezbonlarda Cheran, Derdiyok, Sergeyev, Krimes, A’zamov va A.Ismoilov kabi bo‘ydor va bosh bilan juda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor. Bu esa ularga standartlarda katta ustunlik beradi. Jarima zarbalarida to‘p havolatib uzatilmagan pallalarda esa Masharipov va Cheran, Masharipov va Hamdamov yoki Hamdamov va Cheran kombinatsiyalari yordamga keladi. "Paxtakor" standartni ijro etganda havodan ham, yerdan ham birdek xavf kutish mumkin.

Mehmonlar ham bu borada peshqadamlardan ortda qolishmaydi. To‘g‘ri, hozirgi AGMKda baland bo‘yli futbolchilar "Paxtakor"dagidek juda ko‘p emas. Lekin, standartlar Qosimov jamolari uchun alohida mavzu. Murabbiy mashg‘ulotlarda aynan standartlar ustida alohida ishlaydi. Shu sabab olmaliqliklarning jarima va bunchak zarbalari ham xuddi mezbonlarniki kabi juda xavfli.

Sensatsiya ko‘ramizmi?!
Ayni paytda jamoalar to‘plagan ochkolar farqi bor yo‘g‘i bitta. Lekin, tarkib jihatidan "Paxtakor" raqibidan bir bosh ustun. Mezbonlar nafaqat AGMKdan, balki Superligadagi istalgan jamoadan bir pilla poya yuqorida.

Agar bugun AGMK g‘alaba qozonsa, so‘zsiz bu sensatsiya bo‘ladi. Agar mehmonlar hech bo‘lmasa durangga erisha olishsa ham kichik sensatsiya qayd etgan bo‘lishadi. Zero, bu "Paxtakor"dan mehmonda ochko tortib olish juda katta ish. Qosimov shogirdlari bugun ijobiy natijaga erisha olishsa, chempionlik uchun kurashda katta qadam tashlashgan bo‘lishadi. Chunki, "Paxtakor"ni sentabr oyida katta ehtimol Qatarda bo‘lib o‘tadigan OCHL bahslari kutmoqda. Boshqa mamlakatga borib har 3 kunda o‘yin o‘tkazadigan "sherlar" qaytib kelgach Superligada yaxshigina muammolarga duch kelishlari aniq. Bundan esa chempionlik uchun rosmana kurashmoqchi bo‘layotgan klublar foydalanib qolishlari mumkin.

Xo‘sh, "Paxtakor" favorit bo‘lgan bellashuvda sensatsiya ko‘ramizmi? Buni bugun kechqurun bilib olamiz.

Bugungi markaziy uchrashuvga taxminiy tarkibim



Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 55
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 264
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar