“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 03:29
ЎЗO‘Z

Kadastr tizimida «tozalash ishlari» boshlandi

13 iyul, 13:28 4 303 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kadastr tizimida «tozalash ishlari» boshlandi «Davergeodezkadastr» qo‘mitasining xabar berishicha, 10 iyul kuni respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

«Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni oladi. Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko‘ra lavozimini suiiste’mol qilib, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o‘z nafsini o‘ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud. Har bir davlat idorasi bundaylardan xoli maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bo‘lmaydi.

10 iyul kuni kadastr yo‘nalishida ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlarga yo‘l qo‘ygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to‘siq bo‘layotgan har bir muammoni yechish qo‘mita oldida turgan pirovard maqsad bo‘lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo‘ladi», deyiladi qo‘mitaning rasmiy xabarida.

Shu yilning 4 iyul kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yangi raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev jamoatchilikka murojaat qilib, kadastr sohasini shaffof, korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish uchun o‘zbekistonliklardan yordam so‘ragan edi.

Xalilullo To‘raxo‘jayev Davgeodezkadastr qo‘mitasi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan, shuningdek, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflarga ega o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqotga tayyorligini bildirgan.

«Buning uchun hozirda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasi, 1097 ishonch telefoni, shuningdek, Sizlarga qulay bo‘lishi uchun Telegram messenjerida qayta aloqa boti ishga tushirildi va mening shaxsiy elektron 01@ygk.uz manzilimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishingiz mumkin. Har bir murojaatingizni e’tibor bilan o‘rganamiz.

Kundalik hayotida davlat idoralariga murojaat etib, turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan xalqning o‘zigina — sohani rivojlantirish uchun nima kerakligini bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi, muhim g‘oyalarni taklif eta oladi. Shu bois, har bir fuqaro, ommaviy axborot vositasi, jurnalist va blogerning shu sohaning rivoji uchun bildirgan fikri va e’tibori biz uchun juda muhim va qadrli.

Asosiy maqsadimiz Sizning ko‘magingizda xalqimizga byurokratiya va korrupsiyadan holi, sifatli va xolis xizmat ko‘rsatadigan tizimni shakllantirish. O‘ylaymanki, birdamlikda amalga oshirilgan ishlar, ijobiy o‘zgarishlar uzoq kuttirmay o‘z samarasini beradi
», degan edi «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi raisi.

Eslatib o‘tamiz, Xalilillo To‘raxo‘jayev 30 iyun kuni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimida ish boshlagan edi. Sobiq rais Abdushukur Abdullayev esa unga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Xalilillo To‘raxo‘jayev bungacha – 2017 yil 12 dekabrdan buyon Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 86
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 189
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 148
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 43
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 56
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 136
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 211
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 84
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 90
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 122
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 187
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 155
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 191
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • Bo‘limlar