“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov

13 iyul, 12:45 3 316 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin hududida bir kishiga kuniga 67-70 ming so‘mlik yeguliklar berilmoqda – Anvar Alimov Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimov navbatdagi brifing chog‘ida karantin hududidagi ta’minot haqida so‘zlab berdi.

«Karantin hududlarida kasallikka chalingan bemorlar bilan ishlovchi shifokorlar 14 kun uchun 25 mln so‘m, hamshiralar 15 mln so‘m, kichik tibbiy xodimlar 10 mln so‘m ish haqi olishmoqda. Har 14 kunda ular to‘liq almashadilar va kuzatuv ostida bo‘ladilar.

Karantin hududidagilar ta’minotiga keladigan bo‘lsak, ularga har kuni autsorsing asosida 67 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha qiymatda oziq-ovqatlar yetkazib berilmoqda
», dedi shtab a’zosi Anvar Alimov.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 55 gektar hududda barpo etilgan «O‘rtasaroy» karantin hududi 20800 o‘ringa mo‘ljallangan. Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etilgan. 3467 konteynerdan iborat majmua elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rtasaroy» karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarning noroziligi aks etgan video tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga karantin qoidalari kuchaytirilgan 10 iyuldan boshlab O‘rtasaroydagi karantin hududida saqlanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqbullashtirish vazifasi topshirilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar