“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2020, 23:22
ЎЗO‘Z

YouTube’da 4 mingdan ziyod dizlayklar qo‘yilgan Jeenbekovning murojaati o‘chirib tashlandi va qayta yuklab qo‘yildi

13 iyul, 12:23 1 042 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
YouTube’da 4 mingdan ziyod dizlayklar qo‘yilgan Jeenbekovning murojaati o‘chirib tashlandi va qayta yuklab qo‘yildi Foto: Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekovning mamlakatda koronavirus bo‘yicha vaziyat yuzasidan fuqarolarga qilgan videomurojaati YouTube platformasidan dizlayklar sonining layklardan 14 barobarga ko‘pligi tufayli o‘chirib tashlandi va qaytadan yuklab qo‘yildi.

Video 9 iyulda YouTube’ga joylashtirilgan. Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da rolikni ko‘rmoqchi bo‘lganlar uni yuklagan foydalanuvchi tomonidan o‘chirib tashlangani haqidagi xabarni o‘qigan. O‘sha vaqtda murojaatda 300 ta layk hamda 4200 ta dizlayk bo‘lgan. Bundan tashqari foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan salbiy izohlar ham o‘chirib tashlangan. O‘chirilishidan avval videoning ko‘rishlar soni 30 mingga yaqin bo‘lgan.

Foto: Telegram
Tungi soat 01:00 larda Qirg‘iziston prezidentining YouTube’dagi kanalida o‘chirib tashlangan video qayta yuklangan, ammo bu safar uning octida izoh qoldirish, layklar va dizlayklar statistikasini ko‘rish funksiyalari o‘chirib qo‘yilgan. Prezident matbuot xizmati vakili «24.kg» nashriga bergan intervyusida video, uning ostida destruktiv izohlar ko‘payib ketgani sabab o‘chirilganini bildirgan. Prezident vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur izohlar mintaqada nizo keltirib chiqarish, shaxsning qadr-qimmati va obro‘sini kamsitish mazmunida bo‘lgan, shuningdek, ular asosan feyk akkauntlar orqali bildirilgan.

Jeenbekov o‘z murojaatida Qirg‘iziston pandemiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarni matonat va sharaf bilan yengib o‘tayotganini qayd etgan, xalqni kasallikni yengib o‘tishda fuqarolik mas’uliyatini his etishga chorlagandi. Qirg‘iziston prezidenti mamlakatga kelayotgan xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larining o‘g‘irlanishiga aslo yo‘l qo‘ymasligini ham aytib o‘tgan.

Qirg‘izistonda epidemiya boshlanganidan beri, 12 iyul holatiga ko‘ra 10 629 kishida koronavirus aniqlangan, 3 787 nafar bemor infeksiyadan tuzalgan va 137 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Manba: Daryo.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya telekanallari Putinning YouTube’dagi yangi yil murojaatiga dizlayk va izohlarni o‘chirib qo‘ydi 01 yanv, 21:53
  • Putinning murojaatnomasiga bildirilgan 70.000 (!) “dislayk”lar sababli sharh qoldirish o‘chirib qo‘yildi 03 yanv, 14:16
  • Kongoda internet o’chirib qo’yildi 31 dek, 21:58
  • Instagram ijtimoiy tarmog’i nogiron bolaning suratini o’chirib tashlagani uchun uning onasidan uzr so’radi. 15 noya, 15:29
  • Qozog‘istonda qonunga xilof mazmundagi 110 mingdan ko‘proq internet havola o‘chirib tashlandi 09 fev, 17:41
  • Oq uy saytidan Obama vaqtidagi ma’lumotlar o‘chirib tashlandi 21 yanv, 10:54
  • So'nggi yangiliklar
  • Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi? 08 avg, 22:06 0
  • Sergeli tuman hokimi ishdan olindi 08 avg, 21:45 18
  • Farg‘onadan So‘x tumaniga havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi 08 avg, 21:30 0
  • Latviyalik og‘ir atletika yulduzi islomni qabul qildi — Rebeka Koxa 08 avg, 21:23 24
  • Rossiyada 26ta kvartira va 10ta samolyotga ega deputat aniqlandi 08 avg, 21:08 12
  • Rahmat Mamatov, Azizbek Ikromov va Botir Parpiyevga hayfsan berildi 08 avg, 21:00 306
  • Endi kontrakt to‘lay olmagan talaba o‘qishdan chetlatilmasligi mumkin 08 avg, 20:40 231
  • Avtomashinani sug‘urtasi yo‘qligi uchun ushlab turish amaliyoti bekor qilinishi mumkin 08 avg, 20:16 355
  • Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan boshlanadi 08 avg, 19:53 269
  • «Yuventus» Mauritsio Sarrini iste’foga chiqardi 08 avg, 19:30 257
  • Test sinovlari qachon va qay tartibda o‘tadi? 08 avg, 19:05 299
  • Bu yil OTM to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi 08 avg, 18:41 202
  • Bo‘limlar