“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 00:04
ЎЗO‘Z

Bugun Toshkentda aholi orasida 240ta yangi holat aniqlandi

13 iyul, 00:43 2 606 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun Toshkentda aholi orasida 240ta yangi holat aniqlandi 12 iyul kuni O‘zbekistonda 484ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 12997 holat), 129 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 7852 bemorga javob berilgan, 60 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 5085 nafar bemor davolanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 142 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12997 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 97 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun O‘zbekistonda jami 484ta yangi holat qayd etilgan. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlangan.

Jami 5 hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyatidagi karantin markazi, Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi.
Xususan, Toshkent shahrida aholi orasida jami 240 holat aniqlangan. Bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Namangan viloyatida aholi orasida 8 kishida, karantindagilardan 17 kishida, Andijon viloyatida aholi orasida 17 kishida, karantindagilardan 11 nafarida, Samarqandda esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida 17 kishida virus aniqlangan.

Shuningdek, xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 174 holat aniqlandi.

O‘lim (+3)
Bugun Toshkent shahrida 3 nafar bemor vafot etdi va jami o‘limlar soni 60taga yetdi.

Tuzalganlar (+129)
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 7852 nafarga yetgan.

Ayni paytda 5085 nafar bemor davolanmoqda, shundan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 462
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 63
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 329
  • So'nggi yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 148
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 225
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • Bo‘limlar