“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:13
ЎЗO‘Z

Nima uchun karantin choralari va “o‘zini o‘zi yakkalash” (izolyatsiya) tartibi muhim?

12 iyul, 14:22 2 278 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun karantin choralari va “o‘zini o‘zi yakkalash” (izolyatsiya) tartibi muhim? Koronavirusga qarshi vaksina topilmagan bir paytda pandemiyani jilovlashning eng samarali usuli - bu fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish va ijtimoiy masofani saqlash orqali virus tarqalishi yo‘llarini cheklash, bemorlarni aniqlash va epidemiya o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha faol choralar ko‘rishdan iboratdir.
Ayni paytda, na Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), na boshqa rasmiy tashkilotlar vaksina yaratilishi va qo‘llanishi bo‘yicha aniq muddatlarni aytib bera olmayapti. Bu borada xulosa aniq.
– JSSTga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda eng muhim tamoyillar quyidagilardir: vaziyatni nazoratda ushlash, kasallikni aniqlash va tarqalish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik. Boshqacha aytganda, kasallikning barcha holatlari qanchalik tez aniqlansa, ko‘rikdan o‘tkazilsa va izolyatsiya qilinsa, virusni jilovlash osonroq bo‘ladi.
– amaldagi qat’iy va ob’ektiv zaruriy cheklovlar tufayli, O‘zbekiston kasallikning keng avj olishi va nazoratsiz o‘sishining oldini olishga erishdi.
– karantin qoidalariga amal qilmaslik, ko‘plab odamlarning nobud bo‘lishi, sog‘liqni saqlash tizimiga og‘irlik qilishi bilan birga katta iqtisodiy talofatlarga olib keladi.
– odamlar o‘rtasidagi aloqani kamaytirish yoki cheklash har bir bemor 4-5 nafar emas, balki undan ham kamroqodamlarni zararlanishi mumkin. Natijada epidemiya sekinlashadi. Oxiroqibat virusni yuqtirganlar sonining kamayishi bilan epidemiyaning o‘zi ham barham topadi.
– bir qator mamlakatlarda boshlangan cheklov choralarining ikkinchi to‘lqini real haqiqatdir. Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sabab, Qozog‘istonda hukumat yana karantin choralarini kuchaytirdi. Armanistonda “niqob rejimi” kuchaytirildi, yuzlab do‘konlar, dorixonalar, go‘zallik salonlari, kafelar va boshqalar yana yopildi. Ozarbayjonda vaziyat murakkablashgani tufayli karantin yana ikki xaftaga uzaytirildi.
– iyul oyining birinchi haftasida karantin talablarining yumshatilishi natijasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 2167 kishiga ko‘paydi. Shulardan 1267 (58%) holat aholi orasida aniqlangan. Agar may oyida kunlik o‘rtacha 51ta holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatgich 163ni tashkil etdi.
Iyul oyining boshidan boshlab kuniga o‘rtacha 324tadan virus bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

16 martdan 10 maygacha bo‘lgan qat’iy karantin davrida kasallanganlar soni 2 418 tani tashkil qildi, bunda o‘sish 0,007 foizga teng bo‘ldi. Karantin choralari 10 maydan 9 iyulgacha bo‘lgan muddatda birmuncha yumshatilganidan so‘ng esa kasallanish holati 9 029 tani tashkil qilib, o‘sish sur’ati – 0,03 foizga teng bo‘ldi.

– AQSH va Yevropada pandemiyaga qarshi ko‘rilgan choralarni taqqoslab ko‘rgan, amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘plab Yevropa mamlakatlari cheklov choralarini o‘rtacha 97%, AQSH esa bunday choralarni atigi 50% kiritgan. Bu esa AQSHda virusning yanada keng tarqalishiga olib keldi. Natijada, epidemiya boshlangandan buyon AQSHda 3,2 million inson kasallikka chalindi, vafot etganlar soni 135 mingtani tashkil etmoqda. Bu dunyodagi eng yomon ko‘rsatkichdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 1
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 11
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 416
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar