“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:43
ЎЗO‘Z

Jarqo‘rg‘onda sudyalar omma oldida obro‘sizlantirildi

12 iyul, 13:30 3 267 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jarqo‘rg‘onda sudyalar omma oldida obro‘sizlantirildi Foto: O‘zA
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida JIB tuman sudi raisi hamda tuman ma’muriy sudining raisiga Jarqo‘rg‘on shahriga kiraverishdagi blokpostda shaxsan tuman hokimi va tuman IIB boshlig‘i harakatlanishga monelik qilgan.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari ro‘yxati ma’lum qilingandi. Bu ro‘yxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq, ayrim rahbarlar va vakolatli shaxslar qaror mohiyatini tushunmay, sud tizimi xodimlari xizmat mashinalari harakatiga to‘sqinlik qilish holatlari uchrab turibdi.

Sudyalar oliy kengashi sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, 2020 yil 10 iyul kuni soat 08:30 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan «Neksiya-3» rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan «Neksiya-3» rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverishda blokpostda ular to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.

Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Ziyodulla Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravishda, tuman sudi xizmat avtomashinalarini postdan o‘tkazmay, xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzib, ishga borishga imkoniyat bermay, yo‘ldan o‘tishga to‘sqinlik qilib, ishchi guruh a’zolaridan bittasi xizmat avtomashinasining orqa o‘ng eshigini ochib qo‘lidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tushirib, postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan.

Ularga qo‘pollik qilib, tuman sudining haydovchisi R.Rahimnazarovni (o‘zining bildirgisidan) yo‘l patrul xizmati xodimi R.Raimov bilagidan tortib, IIB boshlig‘i B.Xidirov va o‘rinbosari Sh.Azizberdiyev avtomashina kalitini olib qo‘yib, uni avtomashinada o‘tirgan joyidan kuch ishlatib tortib, egnidagi ko‘ylagini old ko‘krak qismini yirtib, sud xodimini tuman IIB binosiga olib kelib, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Azizberdiyev sud xodimini haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, shaxsiy telefon apparatini tortib olib, so‘ngra vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo‘ygan.

2020 yil 10 iyuldagi 442-sonli sud-tibbiy tekshiruvi dalolatnomasiga ko‘ra, R.Rahimnazarovning badanida qontalash va shilinma aniqlangan. R.Rahimnazarovning badanida ko‘krak qafasi o‘ng tomoni, bo‘yin orqa o‘ng tomoni, o‘ng ko‘krak sohasida qontalashlar va o‘ng qo‘l tirsak tashqi yuzasida shilinmalar mavjudligi, uning ko‘krak qafasi o‘ng tomoni, bo‘yin orqa o‘ng tomoni, o‘ng ko‘krak sohasidagi qontalashlari va o‘ng qo‘l tirsak tashqi yuzasidagi shilinmalari o‘tmas qattiq jismlarning bir necha martalik zarb va ishqalanish mexanizmlari ta’sirida yetkazilgani, og‘irlik darajasiga ko‘ra yengil tan jarohatlari, deb baholangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, voqea joyida bevosita ishchi guruhiga rahbarlik qilgan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Z.Davlatov, tuman IIB boshlig‘i B.Xidirov, o‘rinbosari Sh.Azizberdiyev va boshqa aloqador xodimlarga nisbatan sud xodimiga qasddan yengil tan jarohati yetkazish, sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilayotgani, tekshirish jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani haqida ma’lum qildi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar