“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:33
ЎЗO‘Z

Sochi: cherkeslarning talabiga binoan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligi buzib tashlandi

11 iyul, 15:25 2 480 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sochi: cherkeslarning talabiga binoan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligi buzib tashlandi Sochining Adler tumanida mahalliy hokimiyat Kavkaz urushi qahramonlariga bag‘ishlangan "Rus askarlarining jasorati" yodgorligini demontaj qildi. Bunga cherkes faollarining shikoyati sabab bo‘lgan.

"Kavkazskiy uzel" sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, meriya tegishli qarorni ma’qullagan. Avvalroq, cherkes millatiga mansub odamlar hokimiyatga murojaat qilib, Kavkaz urushi voqealarini eslatishni "og‘riqli va jamiyatni bo‘ladigan" deb atashgan.

"Rasmiylar yodgorlik kerakli tasdiqlashlarsiz, juda katta xatolar bilan, tubjoy xalq vakillari bilan muhokama qilmasdan qurilganligini tan olishdi. Menimcha, mavzu tugadi", dedi Majid Chachux, Qora dengiz adiglarining “Adige Xase” tashkiloti rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar va cherkeslarni birlashtiradigan ramzni o‘rnatish, jamoatchilikni muhokamaga jalb qilish orqali "zo‘ravonlik va janjal"dan qochish mumkin.

Boshqa bir faol Valeriy Xatajukov, skeptiklarning ko‘pligiga qaramay, milliy ozchilikning o‘zi ham bu voqeaning muvaffaqiyatiga ishonmagani va bu voqea “cherkes millati uchun g‘alaba bo‘ldi” deb atadi.

Xotira belgisi 30 iyun kuni ochilgan edi. Bu 19-asrning 30-yillarida Qora dengiz sohilidagi eng muhim istehkomlardan biri bo‘lgan qal’aning xaritasi edi. Sochi ma’muriyati uning ochilishi haqida xabar bergan va darrov yangiliklar qatoridan o‘chirilgan. Rasmiy shaxslar yodgorlikning yo‘q qilinishi to‘g‘risida ham sukut saqlashmoqda.

Tahririyatdan: Rossiyaning o‘zida bosqinchi rus askariga qo‘yilgan har qanday yodgorlik tubjoy aholining g‘ashiga tegadi, ular bundan norozi bo‘lib qarshilik qilishadi va cherkeslardek yodgorlikni buzib tashlanishiga erishishadi.

Bizda esa, aksincha... Ota-bobomizni o‘ldirgan, muborak boshlarini nayzasiga ilib ko‘targan bosqinchiga uning o‘zi aytmasa ham yodgorligini qaytadan ta’mirlab, aziz ziyoratgoh qilib qo‘yamiz. Tolerant bo‘lsang, bizdek bo‘l, dunyo!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 1
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 23
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar