“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 12:48
ЎЗO‘Z

Komil Allamjonov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

11 iyul, 15:00 3 178 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Komil Allamjonov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi Foto: Videolavhadan skrinshot
Komil Allamjonov Telegram-kanaliga joylagan videomurojaatida kasallikni qanday kechirgani haqida so‘zlab berib, o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda ayrim maslahatlarni bergan.

«Bir necha kun oldin menda harorat ko‘tarilishi va holsizlik sezildi. Haroratimni o‘lchab ko‘rsam, 37,1 – 37,2. Juda ham holsizlanib, badanimda og‘riqlar paydo bo‘ldi. Test topshirib ko‘rsak, menda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng shifokorlarga murojaat qildim. O‘pkamni MRT qilishdi, umumiy qon tahlili topshirdim. Shunga asosan, menda yengil shakldagi koronavirus kechayotganini aytishdi va men o‘z uyimda, oila a’zolarimdan alohida bo‘lgan sharoitda, ulardan izolyatsiyada bo‘lgan holda ushbu kasallikni boshimdan o‘tkazdim», – deydi Allamjonov.

U asosan grippga chalinganda qilinadigan muolajalarni olish tavsiya qilinganini aytgan. Shifokorlar tavsiyasiga asosan har ikki soatda haroratini o‘lchab turgani, kuniga 5-6 litrgacha suv ichgani, ikki marta harorati 39 darajadan oshgandagina isitmani tushiruvchi dori ichgani, burun-tomog‘ini chayib turgani, S vitamini qabul qilgani, uch kunda isitmasi o‘tib ketgach qisqa yo‘tal boshlanib, shifokorlar unga antibiotik yozib bergani va 5 kun davomida antibiotik qabul qilgani, ma’lum vaqt hid bilish qobiliyati yo‘qolganini aytadi.

«Videomurojaatimdan asosiy maqsad shuki, juda ko‘pchilik shamolladim deb o‘ylab, koronavirusga chalinganini bilmay qolyapti. Men ana shunday hamyurtlarimizga avvalo vahimaga tushmaslikka va albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilaman», – degan Komil Allamjonov.

36 yoshli funksioner shifokor bilan maslahatlashmay turli dorilar qabul qilmaslikni ham maslahat bergan.

«Bugun 12-kun, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Yo‘tal, dimog‘im bitishi to‘xtadi. Harorat ko‘tarilishi uch kundan keyin o‘tib ketgan», – degan Allamjonov.

U ko‘pchilik qatori avvaliga jiddiy xavotirga tushganini ta’kidlagan. «Lekin hammasidan o‘tib oldim. Xudoga shukr, hozir ancha yaxshiman, butunlay tuzalib ketdim, oila a’zolarim bilan muloqotga kirishdim», degan u.

Komil Allamjonov videomurojaati yakunida karantin qoidalariga rioya qilishga va turli dorilar bilan o‘z-o‘zini davolashga urinmaslikka chaqirgan.

«Arzimagan vositalar bilan davolanish mumkin bo‘lgan joyda o‘zingizni o‘zingiz turli boshqa kasalliklarga ham chalintirib qo‘yishingiz mumkin», – degan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbari.

Mazkur videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDЕO




Mavzuga oid yangiliklar
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • 23-30 aprel kunlari uchun tezkor axborot e’lon qilindi 22 apr, 22:11 286
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 53
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 108
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 29
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 42
  • Bo‘limlar