“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:52
ЎЗO‘Z

Karantin davrida muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun 20 mlrd so‘m ajratildi

11 iyul, 14:36 2 498 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin davrida muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun 20 mlrd so‘m ajratildi O‘zbekistonda yana karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan moddiy daromad manbaini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur oilalar ro‘yxatini ishlab chiqishda quyidagi oilalarga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi:
- ta’minot manbai bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali oilalar;
- ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo‘lmagan oilalar;
- ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
- mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lgan, biroq ular hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo‘qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Moddiy ko‘mak yuklarini manzilli taqsimlash hamda yetkazib berish maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar agentligining vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi, shuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlariga murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida qisqa raqamli telefon tarmog‘i (call-center) ishga tushiriladi.
Shuningdek, volontyorlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Endilikda moddiy ko‘mak yuklarini o‘z manziliga yetkazib berishda asosiy yordamchi bo‘lgan volontyorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari – tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, shuningdek, uzluksiz harakatlanish uchun avtotransport vositalari (Damas, Labo, Gazel va b.q.) bilan ta’minlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish hamda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari orqali yetkazib berish uchun davlat tomonidan 20 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Kelgusida davlat tomonidan karantin davrida aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruratga qarab yana qo‘shimcha mablag‘lar ham ajratiladi.

Yirik tadbirkorlik sub’ektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’ektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 59
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 195
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 167
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 113
  • So'nggi yangiliklar
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 0
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 62
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 139
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 300
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 58
  • Bo‘limlar